Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

"Arsenal"ning Lemandan keyingi 14 ta darvozaboni. Xo‘sh ular qanday natija qayd etgan?

"Arsenal"ning Lemandan keyingi 14 ta darvozaboni. Xo‘sh ular qanday natija qayd etgan?

Baho:
+ | -

Faxriy darvozabon 2008 yilda "Borussiya Dortmund"ga o‘tadi va o‘shanda 38 yoshda edi. Baribir ham faoliyatining eng gullagan davri "Arsenal" tarkibida bo‘lganini yashira olmaydi.

Biz esa sizlar bilan Lemandan keyingi "Arsenal"ning 14 ta darvozaboni va ularning natijalari haqida ko‘rib chiqamiz.

14. Emiliano Viviano

"Fiorentina" tarkibida o‘zini ko‘rsata olgan kiper "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi va kutilmaganda birorta o‘yinda ham maydonga tushirilmadi. Keyin u "Sampdoriya"ga qaytdi va noodatiy 2-raqamda faoliyatini davom ettirdi.

AC Milan and Bologna track unsettled Arsenal keeper Viviano | Daily Mail  Online

13. Runnar Aleks Runnarson

Ayni damda "Alanyaspor"da ijara asosida o‘ynayotgan Runnarson 2020 yilda "Arsenal"ga o‘tdi va APLda bor-yo‘g‘i 18 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt davomida u gol o‘tkazib yubormadi.

Ammo Yevropa Ligasidagi 4 ta o‘yinda va Angliya kubogidagi bir o‘yinda uning darajasi qandayligini ko‘rsatib berdi. Albatta, Riyad Mahrez ham uni bir necha gollar bilan siylagan.

Félög áhugasöm um að fá Rúnar Alex að láni frá Arsenal - Vísir

12. Vito Mannone

Mannone ushbu ro‘yxatdagi ikkinchi italiyalik. U ham Vivianodan kam emas. Har holda Mannone klub safida 26 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ayni vaqtda "Loryan"da faoliyatini davom ettirayotgan futbolchi "Arsenal" tarkibida Chempionlar ligasida "Olimpiakos"ga qarshi o‘yindagi qo‘pol xatosini umuman esidan chiqarmaydi.

Mannone eyes starting gig; Fabregas unhappy on the bench

11. Mett Meysi

Meysi 2014 yildan 2021 yilgacha "Arsenal"da ishlagan. O‘shanda u "Xibs"ga ijaraga ham ketgan. Meysi "kanonirlar" safida 2 ta o‘yin o‘tkazgan, ularning hech birini eslay olmaymiz.

Official: Arsenal confirm player has signed for Hibernian

10. Metyu Rayan

Rayan ushbu reytingda 10 talikka kirishga arziydi. "Brayton"da u Grem Potter bilan birga ishladi. Kutilmaganda "Arsenal" rahbarlari uni Bernd Lenoga o‘rindosh sifatida jamoaga yarim mavsumga ijaraga olib keldi. Rayan tarkibga kelgach, 3 ta o‘yida 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Mat Ryan sends message to Arsenal fans

9. Yens Lemann

Lemann 41 yoshida "Arsenal"ga qaytdi va APLda ham bir nechta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Uning klubga qaytishi jamoadoshlariga haqiqiy o‘rnak bo‘ldi.

Jens Lehmann in talks with Arsenal about a role as a first-team coach |  Football News | Sky Sports

8. Lukash Fabianski

Fabianski Premyer Liganing engi yaxshi darvozabonlaridan biri, hattoki, "Arsenal"dagi faoliyati davomida ham buni ancha isbotlab qo‘ygan.

Polshalik futbolchi 2014 yilgi Angliya Kubogi finalida muxlislar yodida qoldi. Ayniqsa, o‘shanda penaltilar seriyasidagi qahramonliklari yodda qolarli. O‘sha vaqtlar Lukash 29 yoshda edi.

Lukasz Fabianski responds to retirement claims and sets West Ham target -  football.london

7. Manuyel Almuniya

Almuniya "Arsenal" tarkibida uncha o‘zini ko‘rsata olmagan. U Lemans kabi mashhurlikka erisha olmagan, ammo undan ancha saboq o‘rgangan.

Arsenal's Manuel Almunia would be proud to become England's No1 goalkeeper

6. David Ospina

Ospina ham "kanonirlar" safida o‘zini u qadar ko‘rsata olmagandir, ammo terma jamoasi tarkibida ancha tanitib qo‘ygandi.U "Arsenal" bilan APLda har bir o‘yinda 2.17 ochko olgan. Ko‘rinib turibdiki, Ospina London klubida unchalik mavaffaqiyatga erishmagan.

Arsenal star David Ospina in talks with Besiktas over move after Unai Emery  snapped-up Bernd Leno | The Sun

5. Emiliano Maritines

2019/20 yilgi mavsumda 26 yshli darvozabon APLda 9 ta o‘yin o‘tkazdi. Keyin u jarohat olgan Bernd Lenoning o‘rini egallashni boshladi. Angliya Kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi bahda o‘zini ko‘rsata oldi va muxlislar yodida qoldi.

Mikel Arteta jamoaga kelgach, uni asosiy tarkibda joy bermadi va Martines klubdan ketishga majur bo‘ldi.

From Argentina to Wembley via six loan spells – how Emiliano Martínez took  his chance as Arsenal No 1

4. Petr Chex

Chexning "Chelsi"dan "Arsenal"ga o‘tishini ko‘pchilik noto‘g‘ri baholadi, Ammo chexiyalik posbon barchaning fikrini o‘zgartirib yubordi.

U 2010 yildv mavsumning eng yaxshi darvozabonlari qatoridan joy oldi. "Asrenal"dagi faoliyatida esa, yodda qolarili o‘yinlar juda kam. Shuningdek, u musiqa bilan ham shug‘ullandi. Baraban chalish uning xobbisiga aylandi.

Arsenal goalkeeper Petr Cech relishing prospect of playing Man City and Man  Utd | Football News | Sky Sports

3. Voysex Shensni

Ayni vaqtda "Yuventus"ning asosiy darvozaboni bir vaqtlar arzimagan pulga bo‘lsa ham "Arsenal"dan ketishga ruxsat olgan. Polshalik posbon "kanonirlar" safida bir qancha yodda kolarli seyvlar amalga oshirgan. Ayniqsa, "Liverpul" bidan o‘yinda dastlab penaltini,so‘ngra qaytgan to‘pga berilgan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Wojciech Szczesny Archives - Arsenal French Club

2. Bernd Leno

"Bayer"dan transfer qilingan Leno "Arsenal" tarkibida ham o‘zini ancha ko‘rsata oldi, ammo u kutilmaganda jarohat oldi va asosiy tarkibdagi o‘rnini Martinesga bo‘shatib berdi. Leno Lemanchalik bo‘lmasa-da, ammo "Arsenal" muxlislari yodida qoldi.

Will Bernd Leno make his debut against Vorskla? | Press conference | News |  Arsenal.com

1. Aaron Ramsdeyl

Ramsdeyl "kanonirlar" tarkibiga kelganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q, ammo bir qancha o‘yinlardagi o‘zining muhim seyvlari bilan muxlislar olqishiga sabab bo‘ldi.

Uning bu qadar ishonchli o‘yini klub bosh murabbiyi Mikel Artetaning e’tiborini qozondi. Ayni damda Aaron "Arsenal"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi.

The rise of Aaron Ramsdale: from Premier League's most-mocked transfer to  leader of Arsenal's revival

"Arsenal" sharafini mana shunday darvozabonlar himoya qilgan va qilishda davom etmoqda.

Manba: footballplanet.com
Kiritildi: 00:34, 31.07.2023.
O'qildi: 2262 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.