"Barselona" juda og‘ir moliyaviy ahvolda. Jurnalist Ramon Fuyentes ijtimoiy tarmoqlarda agar parijliklar qanot hujumchisi Usmon Dembele uchun bugun 50 million yevro to‘lashga muvaffaq bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar” bu mablag‘ning atigi 10 millionini fransiyalik futbolchining o‘rniga futbolchi sotib olish uchun sarflay olishi haqida ma’lum qildi.
Gap shundaki, 50 million yevro tovon pulining roppa-rosa yarmi Dembelening o‘ziga tegishli. Shu tariqa, “Barselona” 25 million oladi, biroq jamoa bu mablag‘ning atigi 40 foizini sarflashi mumkin, deya xabar beradi manba.