Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Yangi mavsumni "yondirishi" kutilayotgan "Barselona"ning 5 vunderkindi

Yangi mavsumni "yondirishi" kutilayotgan "Barselona"ning 5 vunderkindi

Baho:
+ | -

Mavsum oldi o‘yinlarida Xavi akademiya iqtidorlarini asosiy tarkibda birma-bir sinab ko‘ryapti. Yangi mavsumda "Barselona"da o‘zini ko‘rsatishi kutilayotgan 5 nafar vunderkind bilan tanishib chiqamiz.

Fermin Lopes

Fermin Lopes yaqin-yaqingacha hattoki, "La Masiya"da ham uncha qori baholanmagan futbolchilar qatorida edi. Ammo so‘nggi mavsumlarda u ancha o‘zini ko‘rsata oldi va rahbarlarning ishonchini oqlay boshladi.

20 yoshli Fermin "Barselona"ning AQSHdagi turnesi qaydnomasiga kirgan "La Masiya"ning 8 ta futbolchilaridan biri edi. Albatta, u ishonchni oqladi deyish ham mumkin. Chunki, Lopes o‘zining debyutidayoq "Real Madrid"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bitta chiroyli gol va bitta assist qayd etdi. Aytish lozimki, u o‘sha o‘yinda zahiradan maydonga tushirilgandi.

Ferminning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, ammo "ko‘k-anorranglilar" bunday iqtidorni shubhasiz, qo‘yib yubormaydi.

Who is Fermin Lopez? The surprise star of Barcelona's preseason tour

Abde Ezzalzuli

Abde Xavi bosh murabbiyiligi ostida o‘zining debtini 2021 yilgi mavsumda "Espanyol"ga qarshi bahsda o‘tkazgandi. O‘shanda u zahiradan maydonga tushirilgandi.

Abde 2021 yil qishida Xavi murabbiyliging dastlabki haftalarida muntazam maydonga tushgan. U o‘tgan mavsumni Yevropa Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma olgan "Osasuna" tarkibida ijarada o‘tkazdi. Shuningdek, u Marokash terma jamoasi bilan Qatardagi mundialda o‘zini ancha ko‘rsata oldi.

Yoz boshida Abde Marokashning U-23 terma jamoasi bilan Afrika Millatlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va ushbu turnirning 3 ta gol bilan "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritdi. "Barselona" esa, mazkur iqtidorni AQSHdagi turne qaydnomasiga kiritdi.

Manuel Pellegrini boshchiligidagi "Betis" 2023/24 yilgi mavsum uchun Abdeni ijaraga olishni rejalashtirgan.

Ammo yaqin kunlarda Usmon Dembele PSJ safiga qo‘shiladigan bo‘lsa, Xavi Abde uchun asosiy tarkibda joy topib berishi mumkin. Marokashlik iqtidor "Arsenal" va "Real"ga qarshi o‘yinlarda zahiradan maydonga tushirilgan.

Ez Abde: a second chance at Barça after the possible departure of Dembélé?

Aleish Garrido

Xavi: "Aleish- "Barselona"ning umumiy ko‘rinishi. Uning o‘yinlari menga yoqadi. Garrido texnik jihatdan juda qobiliyatli". "Barselona" murabbiyi futbolchi haqida o‘tgan mavsum "Elche" ustidan g‘alaba qozongan o‘yinida bergan intervyusida fikr bildirgandi. O‘shanda Garrido o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazgandi.

Xavi: "Pablo va Aleish juda yosh, lekin ular iqtidorli. Agar Aleishda jarohat bo‘lmaganida ertaroq debyut qilardi.

Ular haqida biz jiddiy o‘ylamoqdamiz, har doim ularga asosiy tarkibda imkon beramiz, ammo asosiy tarkibdagi raqobat ularni ancha qiynab qo‘yadi".

Pablo Torre hozirda "Jirona"ga ijaraga berib yuborilgan, Aleish esa, "Barselona"ning AQSHdagi turnesiga chaqirildi.

19 yoshli yarim himoyachi hali "Barselona"ning o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushirildmadi, ammo turga olib kelingan va avgumt oyi o‘rtalarida La Liga yangi mavsumi boshlanishidan oldin "Milan" va "Tottenxem"ga qarshi bo‘lajak o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Aleix Garrido makes FC Barcelona debut

Mark Kasado

"Barselona" Serxio Buskets ketganidan so‘ng, "Sautgempton"dan Oriol Romeuni transfer qildi. 31 yoshli yarim himoyachi asli "La Masiya " tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. u 2011 yilda klubni tark etgan va ayni damda jamoaga qatib kelib, AQSHdagi turne qaydnomasiga kiritildi.

Asosiy tarkibdagi raqobat sabab, Mark Kasadoga imkon berilishi qiyin, ammo u yoshlar jamoasida ancha o‘zini ko‘rsata oldi hamda Xavi xohlagan barcha texnik qobiliyatga ega bo‘ldi.

19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum YECHL doirasida "Viktoriya Plzen"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushgan. La Liga o‘yinlarida esa, uncha ko‘rinish bermadi.

The 'Golden Opportunity' for Marc Casadó? - La Masia

Lamin Yamal

"Barselona"ning 15 yoshli iqtidori Lamin Yamal "La Masiya"dan jalb qilingan futbolchi qolgan sheriklariga qaraganda o‘zini ko‘proq ko‘rsatdi va debyutda ishonchni oqladi.

Iyul oyida 16 yoshga to‘ladigan vunderkind ayni damda Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan kabi mashhu futbolchilar bilan AQSHdagi turneda ishtirok etmoqda.

The story of Lamine Yamal and his rapid rise to Barcelona's first team

Yangi mavsum boshlanishidan oldin Xavi mana shunday iqtidorlarni sinab ko‘ryapti. Xo‘sh ularga yangi mavsumda rasmiy o‘yinlarda ham imkon beradimi? Buni esa vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:34, 31.07.2023.
O'qildi: 10386 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.