Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Messi Ronalduni ortda qoldirdi

Messi Ronalduni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Har qanday futbolchi uchun shaxsiy yutuqlar jamoa sovrinlari uchun yoqimli bonus bo‘ladi. Mashhur Ginnes kitobiga kiritiladigan rekord o‘rnatish - o‘z ismingizni tarixga yozishning ajoyib usuli.

Messi va Ronaldu buni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq qilishadi, ular hech qachon solishtirishdan to‘xtamaydi. Ammo jahon rekordlari bo‘yicha Lionel portugaliyalik hamkasbidan o‘zib ketdi.

Ginnes kitobining rasmiy hisobi eng ko‘p rekord o‘rnatgan 5 nafar futbolchi ro‘yxarini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rinda Messi, uning hisobida mashhur ma’lumotnomaga kiritilgan 41 ta muvaffaqiyat bor. Shu bilan birga, Leo Chempionlar ligasida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan. O‘shanda argentinalik futbolchi 24 yoshda edi.

2012 yilda Chempionlar ligasi doirasida Leverkuzenning "Bayer" klubiga qarshi o‘yinda hujumchi penta-trik qayd etib, bitta turnir uchrashuvida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Lionel xorijlik futbolchilar orasida La Ligadagi o‘yinlar soni bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi 520 ta o‘yin.

Ronaldu raqibidan uzoqda emas. Portugaliyalik 40 marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Krishtianu 140 ta gol bilan Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Bundan tashqari, portugaliyalik 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda Chempionlar ligasida qatorasiga 11 o‘yinda gol urgan. 2018 yilda Ron jahon chempionatida xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi. O‘sha paytda u 33 yoshu 130 kunlik edi.

Robert Levandovski uchlikni yopadi. Polyak Messi va Ronaldudan ancha orqada, uning 9 ta muvaffaqiyati rekordlar kitobiga kiritilgan. Robert 2015 yilda "Volfsburg" bilan mashxur uchrashuvda ko‘p rekordlarni urgan.

Zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, "Bavariya" futbolchisi atigi 9 daqiqa ichida penta-trik qayd etdi! U futboldagi eng tezkor xet-trik (3 daqiqa 22 soniya), eng tez poker (5 daqiqa 42 soniya) va eng tez penta-trik (8 daqiqa 59 soniya) bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

Levandovskidan keyin Mbappe va uning 5 ta ishi Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Boshqa narsalar qatorida, Kilian "Oltin to‘p" uchun eng yosh nomzod bo‘lib, u 18 yoshu 293 kunligida mukofotga da’vo qilgan.

Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan jamoa futbolchisiga ham aylandi. Mbappe jahon chempionati finallarida gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Qatar Mundialining finalida hujumchi xet-trik qayd etdi.

Neymar yuqori pog‘onani yopadi, uning hisobida - Ginnesning 4 ta yutug‘i bor. Braziliyalik futbolchi Olimpiadadagi eng tez gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. 2016 yilda Gondurasga qarshi o‘yinda Neymar bor-yo‘g‘i 14 soniyadan so‘ng gol urgan edi.

Braziliyalik futbolchining “Barsa”dan “PSJ”ga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lganini unutmaylik. Bitim kosmik 222 million yevroni tashkil etdi. Kim biladi, balki tez orada Neymarning bu yutug‘i Mbappeni ortda qoldirishi mumkin?

Kiritildi: 22:27, 01.08.2023.
O'qildi: 11204 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.