Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 04:00 Paragvay 1-0 Chili
21/03 05:45 Braziliya 2-1 Kolumbiya
21/03 06:30 Peru 3-1 Boliviya
22/03 02:00 Ekvador - Venesuela
22/03 04:30 Urugvay - Argentina

Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoalar markaziga bordi

Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoalar markaziga bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Davlatimiz rahbari Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilyotgan Futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz Xalqaro futbol federasiyalari assosiasiyasi (FIFA) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming o‘rinli stadion qurilgan. Yana 7 ta mashg‘ulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitasiya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga xorijdan malakali texnik direktor olib kelish, futbol tuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan va Toshkentda mintaqaviy bazalar tashkil qilish, murabbiylar maktabini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezident yoshlar orasida futbolni yanada ommalashtirish, ularga sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

- O‘zbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har o‘nta odamdan to‘qqiztasi uning muxlisi desa bo‘ladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xo‘sh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday bo‘ladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qo‘ygan bolalar o‘z yo‘lini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shug‘ullanadi, ularga qo‘shimcha kasb-hunar berishni ham o‘ylash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yosh futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

- Xalqimizning sportga mehri kuchli. Ayniqsa, futbol «oilaviy do‘stimiz». Milliy terma jamoamiz o‘yinlarini hammamiz g‘urur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi bo‘lganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana shuni doim yodda tuting, - dedi Prezident.

Futbolchilarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish muhimligi ham ta’kidlandi.

- Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida o‘ynaydi. Ular O‘zbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna, - deya ta’kidladi davlat rahbari.

Futbol tibbiyoti va reabilitasiyasini jahon yutuqlari asosida rivojlantirish masalalari ham ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 19:08, 02.08.2023.
O'qildi: 4218 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz