Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Buffon faoliyatiga nazar

Buffon faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Janluidji Buffon 1995 yilda A Seriyada debyut qilgan. O‘shanda futbolda o‘yin davomida faqat ikkita almashtirishni amalga oshirish mumkin edi, antennali ulkan mobil telefonlar esa hashamat hisoblanardi. O‘shandan beri ko‘p vaqt o‘tdi. Lekin Buffon, nafaqaga chiqqan kunni, albatta, eslash kerak. Bugun sizga afsonaviy darvozabon hayotidan asosiy lahzalar va shunchaki ajoyib suratlarni sizga havola qilamiz.

1995 yil dekabr. Italiya yoshlar jamoasi: Janluiji Buffon, Alessandro Nesta, Franchesko Totti va o‘sha paytdagi boshqa nomlar.

1997 yil oktyabr. Buffon Italiya terma jamoasi safida debyut qiladi. Va bu 1998 yilgi Jahon chempionati uchun Rossiya terma jamoasi bilan Moskvadagi "Dinamo" stadionida (1: 1) saralash o‘yinida sodir bo‘ladi.

1998 yil sentyabr. Buffon qo‘lqop kiyib, jurnal o‘qimoqda. Lilian Tyuram va Enriko Kesa ham qiziqish bildirmoqda.

2000 yil aprel. Buffon "Milan" ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlamoqda. O‘sha uchrashuvdagi yagona golga Ernan Krespo mualliflik qildi.

2000 yil dekabr. Kechirasiz, lekin biz o‘zimiz ham bu kadrda nima bo‘layotganini tushunmayapmiz.

2001 yil iyun. Buffon JCH-2002 saralashi doirasidagi Gruziya - Italiya o‘yinidan bir kun oldin Tbilisidagi stadionda isinmoqda.

2006 yil iyul. Buffon faoliyatidagi asosiy sovrinni murabbiy Marchello Lippidan oladi. Jahon chempionati finalida italiyaliklar fransuzlarni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. Janluidji aql bovar qilmaydigan o‘yin o‘tkazdi.

2007 yil may. "Yuventus" “Aretszo”ni mag‘lub etib, o‘zini B Seriyadan A Seriyaga olib chiqishni kafolatladi. Jamoa ushbu tadbir uchun maxsus futbolkalar tayyorladi.

2009 yil aprel. Buffon Italiyaning "Chiambretti Nayt" ko‘ngilochar teleko‘rsatuviga keldi. O‘shanda darvozabon 31 yoshda edi va u: "Yana 4-5 yil juda yuqori saviyada o‘ynay olaman", dedi.

2011 yil dekabr. Buffon Dubayda yangi yilni o‘sha paytdagi rafiqasi Alena Sheredova bilan nishonlamoqda.

2012 yil iyun. Buffon - muxlislarning pirotexnika vositalaridan keyin tumanda. Yevro-2012da Xorvatiyaga qarshi o‘yindan olingan kadr.

2015 yil noyabr. Manolo Gabbiadini, Janluidji Buffon va Davide Astori mashhur Florensiya shahar xollida Italiya terma jamoasi libosi taqdimotida.

2016 yil may. Buffon 12 marta Italiya chempioni bo‘lgan.

2017 yil iyun. Buffon finalda "Real"ga yutqazib, Chempionlar ligasini o‘tkazib yubordi. Bu kubokni hech qachon darvozabon yutmagan.

2017 yil avgust. Buffon Yevropaning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida.

2018 yil aprel. “Real Madrid” bilan mashhur chorak final uchrashuvi. Bu o‘yindan keyin Buffon hakam Oliverda yurak o‘rniga axlat qutisi borligini aytdi.

2018 yil may. Mumkin bo‘lmagan narsa yuz berdi - "Yuventus" ramzi jamoani tark etdi.

2018 yil iyul. 40 yoshli Buffon faoliyatini “PSJ”da davom ettirishga qaror qildi. U yerda u ko‘p o‘ynamadi (17 ta o‘yinda, 18 ta gol o‘tkazib yubordi), lekin Fransiya chempioni bo‘ldi.

2023 yil mart. Buffon B seriyaning "Komo"ga qarshi o‘yini oldidan Sesk Fabregas bilan vimponlar almashdi.

2023 yil aprel. Buffonning professional faoliyatidagi so‘nggi o‘yinlaridan biri. Bir necha oy o‘tgach, u nafaqaga chiqqanini e’lon qildi.

Kiritildi: 11:12, 03.08.2023.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.