"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klubdagi yangi futbolchilarning moslashuvi va jamoadagi umumiy muhit haqida gapirdi.
"Bu yil jamoada yangi yuzlar paydo bo‘ldi va transfer oynasi boshida bu futbolchilarni qo‘lga kirita olganimizdan juda xursandman. Shuning evaziga ular bilan mavsumoldi tayyorgarlikdan o‘ta oldik. Yangi o‘yinchilarimiz o‘zlarini ko‘p yillar davomida shu yerda bo‘lgandek his qilishlarini aytishdi. Bu sizga bizning madaniyatimiz haqida ko‘p narsalarni aytib beradi va "Arsenal" oilasining bir qismi kabi his qilish uchun hamma qanday mehmondo‘st va sodda ekanligini bildiradi.
Shubhasiz, ba’zi yangi kelganlar o‘yin modeli, talablar va umidlarda katta o‘zgarishlarga duch kelishdi. Biz buni tushunishimiz va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz kerak. Shunday ekan, keling, bu o‘yinchilarga bir oz vaqt beraylik va ular o‘z fikrlarini bildirishlari uchun zarur bo‘sh joyga ega ekanligiga ishonch hosil qilaylik va keyin ularni biz talab qiladigan darajaga olib chiqaylik. Yangi o‘yinchilarning birlashishiga yordam berish har doim muhim", - dedi ispaniyalik murabbiy klub matbuot xizmatiga.
Yozgi transfer oynasida "Arsenal" Kay Xavers, Deklan Rays va Yurriyen Timberni sotib oldi.