Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL FIFAdan Saudiyadagi transfer oynasi yopilish sanasini ertaroqqa ko‘chirishni talab qilmoqchi

APL FIFAdan Saudiyadagi transfer oynasi yopilish sanasini ertaroqqa ko‘chirishni talab qilmoqchi

Baho:
+ | -

APL klublari Saudiya Arabistonidagi yozgi transfer oynasining yopilish sanasini boshqa muddatga ko‘chirish uchun FIFAga murojaat qilmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Avvalroq, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliyada transfer oynasi Saudiya Arabistoniga qaraganda erta yopilishidan xavotir bildirgan edi. Bu esa Angliyadagi transfer davri tugaganidan keyin Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan o‘yinchilarni ingliz klublari o‘rnini bosa olmaslik xavfini yuzaga keltiradi.

Saudiya Arabistonida transfer oynasi endi 7 sentyabr kuni yopiladi, bu Yevropaning top-ligalaridan, jumladan, Premyer-ligadan olti kun ortda qolmoqda.

Saudiya Arabistonining professional liga klublari yozda yangi xaridlar uchun 400 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi.

Kiritildi: 14:26, 05.08.2023.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик