Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Yosh og‘ir atletikachilarimiz qit’ada tengsiz!

Yosh og‘ir atletikachilarimiz qit’ada tengsiz!

Baho:
+ | -

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida eng og‘ir vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
-109 kg, yoshlar: Qurbonmurod Namozov (3 ta)
Bronza medal:
+81 kg, o‘smirlar: Lolaxon Abdurashidova (siltab ko‘tarish va ikki kurash)
+109 kg, yoshlar: Amir Abdullayev (dast ko‘tarish)

Quvonarlisi, musobaqa yakunida U-20 yosh toifasida ham yigitlar, ham qizlar terma jamoamiz ochkolar bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yigitlarimiz medallar jamg‘arish yo‘nalishida ham 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan peshqadamlik qilishdi. Qizlarimiz esa 8 ta kumush hamda 9 ta bronza medallariga egalik qilishdi.

O‘smirlar toifasida ham yurtdoshlarimiz o‘z so‘zlarini ayta olishdi. Yigitlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldilar. Qizlarimiz hisobida esa 4 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medal mavjud (4-o‘rin). Qayd etish joiz, har ikki jamoamiz ochkolar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi natijani qayd etishdi.

Yoshlarimiz qo‘lga kiritgan jami medal: 9 ta oltin, 14 ta kumush va 13 ta bronza.

O‘smirlarimiz qo‘lga kiritgan jami medal: 14 ta oltin, 7 ta kumush va 16 ta bronza.

Umumiy hisobda: 23 ta oltin, 21 ta kumush va 29 ta bronza.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqadagi ulkan natija bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, yosh sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida ham omad hamda zafarlar tilaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:53, 05.08.2023.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.