Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lans» «Chelsi»ning sobiq hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Lans» «Chelsi»ning sobiq hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Lans» rahbariyati Chempionlar ligasidagi bo‘lajak ishtiroki oldidan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda.

Jurnalist Yagiz Sabuncho‘g‘lining yozishicha, Liga 1ning kumush medali sovrindori «Fenerbaxche»da o‘ynayotgan Mishi Batshuayi uchun 10 million yevro taklif qilgan.

Xabar qilinishicha, «Lans» Belgiya terma jamoasi forvardiga yillik 2 million yevro maosh taklif qilgan va futbolchining agenti bilan ham maosh borasida muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Batshuayi «Chelsi» safini 2022 yilda tark etgan va shundan beri turk jamoasida o‘ynamoqda. Transfermarkt portali 29 yoshli hujumchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:38, 07.08.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.