Madridning "Real" klubidagi jarohatlangan futbolchilar asta-sekin safga qaytishmoqda.
The Athletic xabariga ko‘ra, himoyachi Ferlan Mendi 2 haftalik, yarim himoyachi Dani Sebalyos esa 3 haftalik tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytishgan.
Hozirda "qirollik klubi"da Arda Gyuler uzoq vaqtga safdan chiqqan. Qolganlar La Liga 1-tur o‘yiniga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.