Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Barchasiga o‘zimiz aybdormiz, yomon o‘ynadik, shoshildik». Vadim Abramov derbidagi durang, yomon o‘yin va zich taqvim haqida

«Barchasiga o‘zimiz aybdormiz, yomon o‘ynadik, shoshildik». Vadim Abramov derbidagi durang, yomon o‘yin va zich taqvim haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Pro liga 13-turi doirasidagi «Yunired» — «Dinamo» (1:1) o‘yinidan keyin dastlab «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

— Derbida qiyin bo‘lishini bilardik. O‘tgan safar ham oson bo‘lmagandi. Raqib jamoa o‘z vazifasini bajardi, biz esa yo‘q. Chunki juda yomon o‘ynadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda juda shoshildik. Maydonda raqibdan son jihatdan bir kishi ko‘p bo‘lganda ham bor yo‘g‘i bitta vaziyat yarata oldik. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Muhim ochkolar yo‘qotildi.

— «Paxtakor» ustidan erishilgan g‘alabadan keyin o‘yinga ruhan tayyorlanishda muammo bo‘lmadimi, ehtimol «Yunired» jamoasining kuchiga to‘g‘ri baho berilmagandir?
— Albatta, hozir shunday deyishingiz ham mumkin. O‘yindan oldin bu haqda ko‘p marta gapirgandik, barchasiga o‘zimiz aybdormiz. Bu oyda bizni ketma-ket 5ta o‘yin kutib turgani, bunga shay turish kerakligi haqida gaplashgandik. O‘yin boshidan yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bu ham oqibatda o‘z so‘zini aytdi.

— «Yunired» avvalgi o‘yinda bo‘lgani kabi, bu safar ham «Dinamo» bilan tengma-teng jang qildi...
— Ha, «Yunired» «Dinamo»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urindi. O‘yinning prinsipiallik ahamiyatidan kelib chiqsak, bu normal holat. Ularning tarkibidagi aksariyat o‘yinchilar sobiq klubiga qarshi o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishi aniq edi. Biz buni kutgandik, tushungandik. Ehtimol, bu aksariyat futbolchilarimizga yaxshi yetib bormagandir.

— Bugun jamoada charchoq alomatlari sezildi. Oldinda esa klub juda zich taqvimga ega...
— Ha, oldinda muhim o‘yinlar bor. Qarang, bu oyda bizni 5ta o‘yin kutmoqda, 2-davrada esa jami 10ta o‘yinimiz bor. Ya’ni, biz mavsumning ikkinchi qismidagi jami o‘yinlarimizning yarmini shu oydayoq o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Qiyin taqvim paytida har bir ochko yo‘qotilishi qimmatga tushishi mumkin. Qolgan 4 o‘yinimizdan 3tasini uyda o‘tkazamiz, ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q.

— O‘yin davomida jamoa o‘yinidan qoniqmaganingiz ko‘rindi, e’tirozingiz aynan qaysi chiziqlar bo‘yicha?
— Ko‘proq, yarimhimoya chizig‘i o‘yiniga e’tirozim bo‘ldi, bu chiziqda ko‘rsatmalar bajarilmadi. Shu yerdan muammolarimiz boshlandi. Barchasini tahlil qilib, 4 kundan keyin «Mash’al»ga qarshi o‘tadigan bahsga tayyorlanamiz, deydi Vadim Karlenovich.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 03:47, 10.08.2023.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.