Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Vadim Abramov: «Muhim g‘alabaga erishdik»

Vadim Abramov: «Muhim g‘alabaga erishdik»

Baho:
+ | -

Pro liganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Dinamo» - «Mash’al» (2:0) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugun osonlikcha yutmadik. O‘yin davomida turli bosimlarga duch keldik. Birinchi bo‘limda gol urdik, biroq bo‘lim davomida raqiblar bizga qattiq qarshilik ko‘rsatishdi. «Mash’al»ning uslubi shunaqa, kurashuvchan jamoa. Og‘ir o‘tgan o‘yinda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik.

— Jamoa namoyish etgan o‘yindan qoniqdingizmi?
— Natija bo‘yicha qoniqdim. Biroq, o‘yin borasida diqqat e’tiborni yo‘qotib qo‘ygan vaqtlarimiz ham bo‘ldi. Bugun «Mash’al» bizga kuchli qarshilik ko‘rsatdi. Xulosa olish uchun yetarli darajada vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yin.

— 4 kundan keyin «Navbahor-farm» bilan o‘yin bor, tarkibda rotasiya kuzatilishi mumkinmi?
— Ha. Har qanday xolatga tayyor bo‘lishimiz zarur. Ketma-ket o‘yinlar o‘tkazayapmiz.

— Erkin Boydullayevning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?
— Boydullayev jarohat olgan. Bundan oldingi o‘yinda eski jarohati qaytalanib qoldi. Shu bois u tarkibda yo‘q edi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:16, 13.08.2023.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.