"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Vulverxempton"ga qarshi (1:0) APL 1-tur uchrashuvi natijasini sarhisob qildi.
“Biz yaxshiroq o‘ynashga qodirmiz. Lekin biz g‘alabadan xursandmiz. Raqib faol o‘ynadi, biz esa moslashishga majbur bo‘ldik. Biz ochkolar uchun kurashishimiz kerak edi. Premyer-ligada oson o‘yinlar yo‘q, albatta.
Bu qiyin raqib va biz juda qattiq mehnat qildik. Biz har bir uchrashuvda kurashishimiz kerak. Onana juda yaxshi seyvlar qildi, juda xotirjam harakat qildi. Juda yaxshi debyut", - dedi murabbiy.