"Nyukasl" transfer oynasi yopilishidan oldin Kiran Tirnini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sky Sport muxbiri Keyt Daunining so‘zlariga ko‘ra, "qarg‘alar" himoyachini ijaraga olishni afzal ko‘radi, chunki moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish zarurati tufayli, endi uni sotib olishga qurbi yetmaydi. Agar ijara shartnomasiga sotib olish bandi kiritilsa, ular buni 2024 yilda amalga oshirishga tayyor bo‘lishadi.
Shu bilan birga, "Arsenal" Tiyernini sotishga tayyor va vaqtinchalik yechimlarga qiziqmaydi.
2022/23 yilgi Premyer-ligada shotlandiyalik futbolchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.