Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Abduqodir Husanovning “Arsenal”ga qarshi “yil o‘yini”dagi harakatlari qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Arsenal”ga qarshi “yil o‘yini”dagi harakatlari qanday baholandi?

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 33-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Bahs davomida Husanov 57 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 42 ta uzatma amalga oshirdi, ularning 39 tasi aniq manzilga yetib bordi — 93 foiz aniqlik. U to‘rt marta uzoq masofaga to‘p oshirdi (ikkitasi aniq), shuningdek, bir marta jarima maydoni ichidan darvozaga kuchli zarba yo‘lladi. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

Himoyaviy harakatlar — 10 marta
Raqib hujumini qaytarib qolish — 3 marta
To‘pni qaytarib olish — 4 marta
Tozalash — 5 marta
Raqib zarbasiga blok qo‘yish — 1 marta
Yerdagi kurash — 1 marta (muvaffaqiyatli)
To‘pga tashlanib olib qo‘yish — 1 marta (muvaffaqiyatli)
Havodagi kurash — 4 marta (2 tasi muvaffaqiyatli)

“Manchester Siti”ning birinchi goliga mualliflik qilgan Rayan Sherki o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 8,4 ball. Chap qanot hujumi va himoyada faol bo‘lgan Niko O’Raylining harakatlari — 8,2 ball, “shaharliklar”ning ikkinchi golini kiritgan Erling Holand hamda chap qanot hujumchisi Jeremi Dokuning ko‘rsatgan o‘yini 7,4 ballga loyiq ko‘rilgan. Maydon markazida ishonchli harakat qilgan Rodrifa 7,9 ball berilgan.

Uchrashuvda “Manchester Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib turnir jadvalida 67 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa peshqadam “Arsenal”dan uch ochkoga ortda qolmoqda. Biroq, “shaharliklar” hisobida bitta qo‘shimcha o‘yin mavjud.

“Shaharliklar” navbatdagi uchrashuvini 24 aprel kuni APL 34-turi doirasida “Byornli”ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:50, 20.04.2026.
O'qildi: 3325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик