"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Bukayo Sakaning o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumining 1-turida 21 yoshli vinger “Nottingem Forest” darvozasiga gol urgan edi.
"Saka yildan-yilga o‘sishda davom etmoqda. U o‘z oldiga yangi maqsad va talablarni qo‘yadi, ularga erishishga harakat qiladi. Bukayo juda chanqoq va o‘rganishga katta ishtiyoqi bor. U yaxshilanib, har 3 kunda o‘yin taqdirini hal qiladigan futbolchiga aylanishni istaydi", - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Saka o‘tgan mavsumni Premyer-ligada 14 gol va 11 golli uzatma bilan yakunladi.