Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Yevropada mavsum endigina boshlandi, ammo jarohatlarga buni ahamiyati yo‘q

Yevropada mavsum endigina boshlandi, ammo jarohatlarga buni ahamiyati yo‘q

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” yangi mavsumga trebl egasi sifatida kirdi, biroq darrov muammoga duch keldi: Kevin De Bryuyne jiddiy jarohat oldi. Eng yomon ssenariyda mushakning qisman yorilishi, ya’ni operasiya qarori Angliya chempionini 3-4 oy davomida futbolsiz qoldiradi.

De Bryuyne top-ligada jarohat olgan yagona futbolchi emas. Murabbiylar o‘tgan mavsumdagi qishki jahon chempionati tufayli aqldan ozgan taqvimdan shikoyat qilishdi. Balki hozir jamoalar Qatar turnirining oqibatlariga duch kelayotgandir. Ayni paytda biz katta chempionatlarda jarohat olgan futbolchilar haqida
gaplashamiz.

Angliya: Peshqadamsiz “shaharliklar” va “Arsenal”da yo‘qotish

Premyer-liga eng shiddatli ligalardan biri sifatida bir vaqtning o‘zida bir nechta taniqli futbolchilarni yo‘qotdi. Ayniqsa, London klublari zarar ko‘rdi.

"Arsenal"dan boshlaylik. Mikel Arteta jamoasi ayni damda asosiy tarkibning ikkita futbolchisiga ishona olmaydi. Gabriel Jezus avgust oyi boshida tizzasini jarohatlab oldi, kichik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va bir necha haftaga safdan chiqdi. Qaytishning aniq sanasi yo‘q. Yuriyen Timber uchun vaziyat ancha yomon. Himoyachi shu yilning yozida “Ayaks”dan 40 million yevro evaziga o‘tgan va Premyer-liganing birinchi turida jiddiy jarohat olgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu tizzadagi jidduy jarohat. Oldinda bir necha oylik reabilitasiya bor.

Yana bir muammoli klub - "Chelsi". Jamoa faol ravishda yangilanmoqda va shu bilan birga ular kadrlarni yo‘qotmoqda. Markaziy himoyachi UYEsli Fofana bir yil avval “Lester”dan 80 million yevro evaziga kelgandi, ammo tizzasidagi muammolar tufayli bu mavsumda bor-yo‘g‘i 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Iyul oyining o‘rtalarida Fofana yanada jarohat oldi.

Shuningdek, Kristofer Nkunku yaqin orada “Chelsi”da o‘ynamaydi. Hujumchining "RB Leypsig"dan transferi ancha oldin kelishilgan edi, yozda u nihoyat yetib keldi va Nkunkaning tizzasidan olgan jarohati noyabrgacha futboldan chetda qoldiradi.

Rasmus Xoylund ham "Manchester Yunayted"da hali o‘ynamagan. Daniyalik hujumchi avgust oyi boshida “Atalanta”dan 75 million yevro evaziga shartnoma imzolaganida, u allaqachon belidan jarohat olgan edi.

Ispaniya: “Real Madrid”dagi falokat

Agar sizga "Arsenal" va "Chelsi"da hammasi yomon bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, bu yerda haqiqiy fojia yuz berdi. "Real Madrid" ikki asosiy o‘yinchisini yo‘qotdi, ikkalasi ham uzoq muddatga. Ispaniya chempionati boshlanishidan uch kun oldin Tibo Kurtua tizza muskullarini shikastladi, shu sababli klub zudlik bilan yangi darvozabon izlashga majbur bo‘ldi natijada ular "Chelsi"dan Kepa Arrizabalagani ijaraga olishdi. Va mavsumning birinchi o‘yinida himoyachi Eder Militao “buzilib qoldi” va bu ham tizza bo‘g‘imidan jarohat bo‘lib chiqdi.

Ispaniyada jiddiy jarohat olgan futbolchilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni "Real Madrid"ning qo‘shnilari egallab turibdi. "Atletiko Madrid"da may oyi oxirida tizzasidan jarohat olgan himoyachi Xose Mariya Ximenesni o‘ynay olmaydi. Uning qachon maydonga qaytishi hozircha noma’lum.

Germaniya: “Bavariya” uchun minus bir

Bundesliga g‘oliblari iyul oyi boshida "Borussiya Dortmund"dan Rafael Gerreyra bilan shartnoma imzolagandi. Oradan bir oy o‘tmay, portugaliyalikning mushaklari yorilib, noma’lum muddatga safdan chiqdi.

“Bayer” hujumchisi Patrik Shik ham hozircha maydonga tusha olmayapti. Mart oyida u jarohat olgan. Xizmatga qaytish oktyabr oyining boshida amalga oshirilishi kerak.

Germaniyadagi eng qimmat jarohat olgan futbolchi Manu Kone. Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi iyun oyi oxirida tizzasidan jarohat oldi. Yaxshi xabar shundaki, fransuz tez orada tuzalib ketadi va katta ehtimol bilan sentyabrgacha maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:07, 17.08.2023.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.