Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

"Barselona" Tyerri Anri bilan birga sotib olgan futbolchilar: ularning taqdiri ne kechdi?

"Barselona" Tyerri Anri bilan birga sotib olgan futbolchilar: ularning taqdiri ne kechdi?

Baho:
+ | -

2007 yilning yozida Anri o‘zining Angliyadagi shonli davriga yakun yasab, 16.1 million funt evaziga "Barselona"ga yo‘l oladi. Fransiyalik afsona to‘pchilarning tarixdagi eng yaxshi to‘purariga aylanadi. U Pep Gvardiolaning fantasik jamoasida yana bir bor porlaydi. 2009 yilda "Barselona" rekord darajada, 6 ta sovrin bilan yakunlagandi. U Kataloniyada jami 49 ta gol urib, 2010 yilda MLS'ga ketadi. Demak, Anrining "Barsa"dagi davri ajoyib kechgan. Ammo u bilan birga o‘sha yili sotib olingan futbolchilarnikichi? Quyida shu savolga javob olasiz.

Yaya Ture

Ture "Monako"dan xarid qilinadi va Anri singari "Barsa" bilan 3 mavsum birga bo‘ladi. Asli yarim himoyachi bo‘lgan Yayadan Gvardiola asosan o‘zgaruvchan markaziy himoyachi sifatida foydalanadi. Aynan shu narsa, 2009 yilda "Barsa"ga YECHL sovrinini keltirgan edi. Afsuski, u va Gvardiolaning orasiga sovuqchilik tushadi. Shu sabab u jamoadan ketgan.

Erik Abidal

Abidal Anrining Fransiya terma jamoasidagi do‘sti edi. U "Lion"dan xarid qilinadi. Erik "Barselona" bilan olti mavsum davomida ikkita YECHL sovrini va 4 ta La-liga chempionligiga erishgan. 2011 yilning martida Abidalda jigar saratoni aniqlanadi. Shu sabab u jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Oradan bir yil o‘tib, unga yangi jigar ko‘chiriladi. Xullas, u ikkita operasiyadan keyin ham maydonga qayta olgan mardonavor futbolchi edi. Abidal futbolchilikni tugatganidan keyin ham bir muddat "Kamp Nou"da sport direktori sifatida ishlagan.

Gabriel Milito

Milito "Real Saragosa"dan xarid qilingan. U "Barselona" libosini kiygan tarixdagi yigirmanchi argentinalikka aylangandi. 2008 yilgi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda futbolchi tizzasidagi xochsimon paylarini uzib oladi. Shundan keyin uning maydonga qaytishi uzoq vaqt talab qildi. Qaytganida ham zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shunaga qaramay, Milito 4 yil davomida "Barselona" bilan jami 10 ta sovrin qo‘lga kiritadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:34, 17.08.2023.
O'qildi: 3219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.