Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Mussa Diabi: «APL sehri kuchlida, baribir»

Mussa Diabi: «APL sehri kuchlida, baribir»

Baho:
+ | -

Bundesliga vakili «Bayer»ning fransiyalik iqtidorli hujumchisi Mussa Diabi yozgi transferlar vaqti «Aston Villa» safiga qo‘shildi.

24 yoshli universal hujumchi «sherlar» a’zosi maqomida dastlabki intervyusini Orlandoda, VillaTV telekanaliga berdi. Fransiya terma jamoasi vingeri suhbat jarayonida jumladan, nega aynan «Aston Villa»ni tanlagani, APLda o‘ynash ishtiyoqi, mavsum uchun maqsadi va boshqa masalalar yuzasidan gapirdi.

- Mussa, «Aston Villa»da xush ko‘rdik. Bu klubda bo‘lish qanday ekan?

- Rahmat. Ochig‘i, APLga ulkan ambisiyalarga ega katta klub futbolchisi sifatida qadam bosish - ta’riflanmas tuyg‘u. «Aston Villa» taklifini bejiz qabul qilmadim, albatta. Qiziqarli loyiha! Tabiiyki, APL men uchun yangi liga, demakki, yangi tajriba. Bu yerda top-jamoalar ko‘pligini yaxshi bilaman, har bir o‘yin shiddatli kechishini ham. Xullas, jahonning eng kuchli ligasida yangi tajriba bilan tanishish uchun ham «Aston Villa»ga o‘tdim.

- Umuman, sizni ushbu klub va uning yangi loyihasi aynan nimasi bilan qiziqtirdi avvalo?

- Aytganimdek, birinchi nav­batda, APLda o‘ynash imkoniyati o‘ziga tortdi. Qolaversa, klub direktori va bosh murabbiyi bilan suhbatlashdim va yakuniy qaror chiqarishimda o‘sha dialoglar ta’siri katta bo‘ldi. Shuningdek, taklifni qabul qilishdan oldin Bubakar Kamara va Lukas Din bilan gaplashdim, ular klub lo­yihasini to‘lqinlanib ta’riflashdi. Yakunda barchasini obdon o‘ylab, ijobiy javob berdim. Yana nima derdim, APL sehri kuchlida, baribir.

- Unai Emerini Parijdagi faoliyatidan yaxshi bilasiz. Murabbiy «Aston Villa» oilasiga qo‘shilganingizdan keyin nimalar dedi?

- Ha, Emeri bilan Parijda yo‘llarimiz tutashgan va uning juda kuchli murabbiy ekanligi ma’lum. Lekin o‘sha payt juda yosh edim. Mana, taqdir bizni yana uchrashtirdi. Emerining o‘sha paytdagi nutqini yaxshi eslayman. Jarangdor va juda kuchli nutq. Qisqasi, Emeri meni ulkan ambisiyalarga ega jamoa safini to‘ldirish onlarini intiqlik bilan kutishga majbur qildi...

- Leon Beyli bilan esa «Bayer»dagi hamkorlikdan tanishsiz. Birmingemdagi dastlabki kunlar qanday o‘tdi?

- Ha, Leon bilan Leverkuzenda birga o‘ynaganmiz. Uni yaxshi inson, kuchli futbolchi sifatida hurmat qilaman. Qolaversa, «Aston Villa» tarkibidagi fransiyalik futbolchilarni ham yaqindan bilaman. Ularning klubga moslashuv masalasida katta yordam berishlari o‘z-o‘zidan tushunarli. Yangi klubda o‘zingizga tanish yigitlarni uchratishingiz naqadar yoqimli. O‘ylaymanki, ularning yordamlari bilan nafaqat klubga tezda moslashaman, balki boshqa jihatlarni ham yengilgina o‘rganaman. Jumladan, jamoa o‘yiniga qo‘shilish va o‘z fazilatlarimni maydonda ko‘rsatishda uncha qiynalmasam kerak.

- Tarkibga AQSH bo‘ylab mavsumoldi turnesida qo‘shildingiz...

- Ha, jamoaga eng muhim pallada keldim. Transferning qisqa muddatda amalga oshirilgani ham foydamga ishlashi kerak. Qaytaraman, o‘z tanlovimdan bag‘oyat mamnunman. Tarkibga nisbatan erta qo‘shilganim yangi klubdoshlar, xodimlar va bizni o‘rab turgan boshqa insonlar bilan munosabat o‘rnatib olish imkonini yaratdi. Umuman, yangi jamoaga o‘tishga qaror qilgan futbolchi uchun eng zaruri shu - masalani imkon doirasida vaqtliroq hal qilish. Shunda u e’tiborini 100 foiz mashg‘ulotlarga qaratib, o‘yin ritmiga tezroq tushadi.

- Angliya va APLda o‘ynash ishtiyoqi qaroringizda muhim rol o‘ynaganini ta’kidladingiz. Xo‘sh, yuqori darajali raqobat va jangga tayyormisiz?

- APL eng yaxshi jamoalarga ega top-turnir ekanligini qayta-qayta aytish shart emas. O‘ylaymanki, juda to‘g‘ri tanlovda to‘xtadim. Salohiyatim darajasini yaxshi bilaman. O‘ylaymanki, hozirgi fazilatlarim bilan bu yerda yo‘qolib qolmayman. Oddiy aytganda, «Aston Villa»da ham, Ligada ham yaxshi natijalarga erisha olaman. Har holda, ishonch katta.

- «Aston Villa»da ham 19-raqamli futbolkani oldingiz. «19» bilan aloqangiz haqida gapirib bersangiz...

- Haqiqatan ham, 19-raqam men uchun juda qadrli. Buning tarixiga kelsak, Parij jamoasi safiga qo‘shilganimda, shu raqamli tumanda yashaganman. Aynan o‘sha yerda o‘sib-ulg‘aydim, futbolchi sifatida shakllandim. Keyinchalik «19»ni o‘zimga hamroh qilib oldim.

- Oxirgi savol: yangi mavsum uchun ambisiyalaringiz qanday? Ham shaxsiy, ham jamoaviy...

- Albatta, maqsad ulkan va aniq. Birinchi navbatda, «Aston Villa» iloji boricha yuqoriga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shishim kerak. Qolaversa, jamoamiz yevro­arenada ham hech narsadan qo‘rqmas guruh sifatida ko‘zga tashlanishini xohlayman. Bilaman, bizda yaxshi jamoa, top-murabbiy va ajoyib xodimlar bor. Shunday ekan, buni amalda ko‘rsatishdan umidvormiz. Shaxsiy ambisiyalar? Tabiiyki, imkon qadar yaxshi statistika bilan muxlislar qalbidan joy olishni ko‘zlayman va yana jamoa tarixiga muhr bosishni ham.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:01, 20.08.2023.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.