Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Samvel Babayan: “Ertangi o‘yinda zafar quchish uchun qanday o‘ynash lozimligini yaxshi bilamiz”

Samvel Babayan: “Ertangi o‘yinda zafar quchish uchun qanday o‘ynash lozimligini yaxshi bilamiz”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bahsi doirasida "Navbahor" safarda “Al-Vakra” (Qatar)ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

OCHL musobaqasi reglamentiga muvofiq, bo‘lajak bellashuv oldidan har ikki jamoaning bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilari ishtirokida bugun ertangi uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Al-Vakra shahridagi “Al-Janub” stadionida bo‘lajak o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan va “lochinlar”ning tajribali yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov ertangi bahs borasida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda OAV xodimlarining bo‘lajak uchrashuvga oid savollariga javob berishdi.

Odatdagidek, “Navbahor” ustozi va futbolchisi matbuot anjumani avvalida ertangi o‘yin haqidagi fikrlarini bildirishdi.

Samvel Babayan: — Assalomu alaykum! Barchaga xayrli kun! Osiyo Chempionlar Ligasiga qaytish yoqimli hamda klubimiz va mamlakatimiz sharafini ushbu nufuzli musobaqada himoya qilish biz uchun katta sharaf hamda mas’uliyat.

OCHLda biz yurtimizning futbolsevarlar viloyati hisoblanuvchi Namangan sharafini himoya qilamiz. “Navbahor” ko‘plab muxlislarga ega va ular jamoani munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. “Navbahor” OCHLda ilk marta qatnashmoqda.

Umid qilamanki, so‘nggi mavsumlarda O‘zbekiston chempionatining yetakchi klublaridan biri sifatida qayd etilayotgan  “Navbahor” keyinchalik ushbu nufuzli turnirning muntazam ishtirokchisiga aylanadi.

Bo‘lajak o‘yindagi maqsadimiz albatta, o‘zimizga kerakli bo‘lgan ijobiy natijaga erishib, ishqibozlarga quvonch ulashish.

Ertangi raqibimiz yaxshi shakllangan jamoa va joriy mavsumda o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirib oldi. Buni “Al-Vakra” yangi mavsumning ilk turidayoq 3:0 hisobida g‘alaba qozonganidan ham bilsa bo‘ladi.

O‘z o‘rnida bo‘lajak bahs o‘tkaziladigan stadionni ham e’tirof etmoqchiman. Mazkur o‘yingoh JCH-2022ning bezagiga aylangandi. “Al-janub” ajoyib arxitektura va dizayn san’ati uyg‘unligini o‘zida jamlagan stadion.

Menimcha, har bir murabbiy uchun ushbu stadionga jamoasini boshlab tushish, futbolchilar uchun esa shunday o‘yingoh maydonida to‘p tepish ulkan sharaf hisoblanadi.

Ertangi o‘yin juda qiziqarli tarzda kechadi va hech kimni befarq qoldirmaydi, menimcha.                  

Azimjon Ahmedov: — Avvalo barchaga salom! Ertangi uchrashuv juda qiziqarli tarzda kechadi, deb o‘ylayman. Biz bu yerga Namangan ahliga, muxlislarimizga xursandchilik ulashish maqsadida, tashrif buyurdik. Xudo xohlasa, bo‘lajak bahsda zafar quchib, muxlislarimizga quvonch ulashamiz.

— Ertangi raqibingiz — “Al-Vakra” borasidagi fikringiz qanday?

Samvel Babayan: — Bu haqda hozirgina to‘xtalib o‘tdim. Bo‘lajak raqibimiz mahoratli futbolchilarga ega jamoa. “Al-Vakra” o‘tgan mavsumda 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoa yangi mavsum va bo‘lajak bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgan holda, mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibiga mahoratli futbolchilarni jalb etdi.

Shuningdek, “Al-Vakra”ni tajribali mutaxassis boshqarayotganligini ham aytib o‘tmoqchiman. Bundan tashqari, jamoaning zaif chizig‘i yo‘qligi, har bir pozisiyadan yaxshi futbolchilar joy olganligi, zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchi ham o‘yinni kuchaytirish salohiyatiga ega ekanligini ham aytib o‘tmoqchiman.     

Azimjon Ahmedov: — “Al-Vakra”ni ko‘p o‘rgandik, jamoa safidan yaxshi futbolchilar o‘rin olishgan.

— Ertangi raqib - “Al-Vakra”ning o‘yin uslubini qanchalik o‘rgandinglar?

­Samvel Babayan: ­— Ta’kidlaganimdek, “Al-Vakra” tarkibida kuchli, shuningdek, o‘z mamlakati terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bor. Albatta, raqibimizning kuchli jihatlari ko‘p. Ammo “Al-Vakra”ning o‘yin uslubini puxta o‘rgandik va ertangi o‘yinda zafar quchish uchun qanday o‘ynash lozimligini yaxshi bilamiz. Lekin bu hozircha sir bo‘lib qola qolsin.

— Sizningcha, “Al-Vakra”ning eng kuchli chizig‘i qaysi?

Azimjon Ahmedov: –­ Raqibning o‘yin uslubini yaxshilab o‘rgandik va menimcha, “Al-Vakra” kuchli hujum chizig‘iga ega.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:35, 21.08.2023.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.