Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Jamshid Iskanderov: “Maqsadimiz – “Navbahor” ishqibozlarini g‘alabamiz bilan xursand etish”

Jamshid Iskanderov: “Maqsadimiz – “Navbahor” ishqibozlarini g‘alabamiz bilan xursand etish”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Navbahor" Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bosqichi doirasida safarda “Al-Vakra”ga qarshi maydonga tushadi.

“Lochinlar” bugun o‘tkaziladigan bahsga Doxada astoydil tayyorgarlik ko‘rishdi.

Bo‘lajak o‘yin arafasida jamoaning yetakchi futbolchisi, tajribali  yarim himoyachi Jamshid Iskanderovdan klub matbuot xizmati intervyu oldi.

- Jamshid, bugungi bahsga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Assalomu alaykum! Bo‘lajak o‘yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 19 avgust kuni Doxaga yetib keldik va mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Bugungi bahs oldidan biz – futbolchilarning kayfiyatimiz a’lo darajada.

“Al-Vakra”ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, “Navbahor” muxlislariga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. 

- Bo‘lajak raqib – “Al-Vakra” borasida nima deya olasiz?

- “Al-Vakra”da mahoratli futbolchilar to‘p tepishi, tarkibi kuchli legionerlarga ega ekanligidan xabarimiz bor. Bo‘lajak raqibning o‘yin uslubini yaxshi o‘rgandik va bugungi bahsda murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini maydonda to‘liq amalga oshirish, zafar quchishga intilamiz.           

“Al-Vakra” ustidan g‘alaba qozonib, OCHL guruh o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritsak, “Navbahor” tarixidan munosib joy olamiz. Buni har birimiz tushunib turibmiz hamda zafar quchish uchun maydonda bor kuchimizni sarflaymiz.  

Maqsadimiz – “Navbahor” ishqibozlarini g‘alaba bilan xursand etish.

Umid qilamizki, Doxaga yetib kelgan muxlislar bugungi o‘yinda ham jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga qo‘shimcha kuch va ruh bag‘ishlashadi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:08, 22.08.2023.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.