"Platense" himoyachisi Marko Pellegrino "Milan"ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi Italiya klubi rasmiy sayti.
21 yoshli argentinalik futbolchi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. U "rossonerilar" safida 31-raqamda harakat qiladi.
Pellegrino "Platense" tarbiyalanuvchisi. U Argentina klubi safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali himoyachining narxini 400 ming yevroga baholamoqda.