Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Florentino Peres Xolandni «Real»ga olib kelishi mumkin

Florentino Peres Xolandni «Real»ga olib kelishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandni transfer qilish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Defensacentral xabar bermoqda.

Biroq, Xolandning transferi bilan bog‘liq variant faqatgina Vinisius Junior klubni tark etgan taqdirda amalga oshishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Agar «Real» yaqin orada braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmasa, klub uni shu yozda sotib yuborishga harakat qiladi. Muvaffaqiyatli sotuv amalga oshsa, «qaymoqranglilar» Xolandni qo‘lga kiritish uchun harakat boshlashadi.

25 yoshli Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:41, 07.07.2026.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик