Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi.
«Qizil iblislar» fransuz futbolchisini maydon markazini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblashmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Shunday bo‘lsa-da, manbaning ta’kidlashicha, ingliz grandi vakillari futbolchining atrofidagilarga uning hozirgi maoshini to‘lay olmasliklarini allaqachon tushuntirishgan. Transfer faqatgina 26 yoshli xavbek yon bosishga rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.
«Manchester Yunayted» Tchuameni bilan rasmiy muzokaralar olib borish uchun «Real»dan hali ruxsat olgani yo‘q. Mankunianliklar dastlab «qaymoqranglilar» uni sotishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak.













