Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Messining soqchisi" Saudiyaga ketishni istamadi, "Man Yunayted" Onanaga o‘rinbosar topdi — Kechagi kunning eng muhim transfer yangiliklari

"Messining soqchisi" Saudiyaga ketishni istamadi, "Man Yunayted" Onanaga o‘rinbosar topdi — Kechagi kunning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yevropada transfer oynasi yopilishiga ham bir necha kunlar qolmoqda. Jamoalar o‘zlarining so‘nggi xaridlari va sotuvlarini amalga oshirish bilan band. Kechaning eng muhim transfer yangiliklari dayjesti bilan tanishing.

"Manchester Yunayted" Onanaga o‘rinbosar topdi

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, “Fenerbaxche” darvozaboni Altay Bayindir “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Darvozabon Afinadan Istanbulga qaytdi, endi u Angliyaga uchib ketadi. "Fenerbaxche" Bayindir o‘rniga xorvatiyalik Dominik Livakovichni taklif qilmoqda. U o‘z navbatida ertaga, 23 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ronaldu uchun yana bir yulduzli sherik keldi

"An-Nasr" yana bir top futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Yarim himoyachi Otavio Saudiya klubiga "Portu"dan kelgan. Transfer summasi bonuslar bilan birga 60 million yevroni tashkil etdi. Tomonlar 2026 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladilar. Otavio “Portu”da yetti yil o‘ynadi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Chelsi" yana bir futbolchini qo‘yib yubordi

"Nyukasl" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Lyuis Xoll klub safiga qo‘shilgan. 18 yoshli futbolchi 2024 yilning yoziga qadar ijaraga olingan. "Nyukasl" ma’lum sharoitlarda "Chelsi"dan Xollni taxminan 33 million yevro + 8 million yevro bonus + kelajakdagi sotuvning bir foizi evaziga sotib olish huquqiga ega. Lyuis "Chelsi" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2022 yilda jamoadagi debyutini o‘tkazgan.

"Yuve" afsonasi Bundesligaga ko‘chib o‘tishi mumkin

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Union Berlin"ga o‘tishi mumkin. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda, 36 yoshli italiyalik transferga qarshi emas. Avvalroq, "Yuventus" Bonuchchini rejalariga kiritmagani haqida xabar bergandi. Leonardo turinliklar safida 502 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z faoliyatining 12 yilini klubga bag‘ishladi. Eslatib o‘tamiz, “Union” joriy mavsum Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Avvalroq, berlinliklar A Seriyadan "Inter"dan Robin Gosensni olib, yuqori darajadagi transferni amalga oshirgan edi.

"Milan" Argentinada yangi himoyachi topdi

Italiya giganti futbolchilarni sotib olishda davom etmoqda. Yangi transfer "Platense" himoyachisi Marko Pellegrino bo‘lib, uning uchun "Milan" 5,5 million yevro to‘lagan, Janluka Di Marsio. Argentinalik futbolchi klub bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan va 31-raqamni olgan.

"Chelsi" Petrovichni qo‘lga kiritdi

Yo‘q, bu kimningdir otasining ismiga hazil emas. London klubi haqiqatan ham Petrovichni sotib oladi. Bitta darvozabon bilan qolgan "Chelsi" Amerikaning "Nyu-Inglend Revolyushn" darvozaboni bilan shartnoma imzoladi. Jorj Petrovichning transferi londonliklarga 16 million yevroga tushadi. Tibbiy tekshiruvlar bugun, 23 avgustga belgilangan. Qizig‘i, o‘tgan mavsumda Petrovich MLSda yilning ikkinchi darvozaboni sifatida tan olingandi. U Serbiya terma jamoasida ham ikkita o‘yin o‘tkazgan.

Mourinyo yana Lukaku bilan ishlaydimi?

"Roma" tomonidan katta transfer tayyorlanmoqda. Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, Rim klubi Romelu Lukakuni ijaraga olish ustida ishlamoqda. Rimliklar bosh direktori Lina Suluku bugun, 22 avgust kuni Londonga yetib keldi. U belgiyalik futbolchi uchun ijara bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. "Roma" to‘liq xarid qilishni xohlamaydi, chunki byudjet bunga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq, ijara rimliklarga juda mos keladi. Shu bilan birga, italiyaliklar forvardga maoshning 100 foizini to‘lashga tayyor emaslar.

“Beshiktosh” afsonaviy himoyachi bilan kelisha olmadi

Serxio Ramosning Istanbulga safari (hozircha) bekor qilindi. "Beshiktosh" rasmiy sayti klub ispaniyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgani, biroq tomonlar maosh borasida kelisha olmagani haqida xabar tarqatdi. Oldinroq “Beshiktosh” vise-prezidenti Emre Kojadag 37 yoshli ispaniyalik futbolchi yiliga kamida 10 million yevro maosh olmoqchi ekanligini ta’kidlagan edi. Ammo Serxioning Turkiya chempionatida bo‘lish ehtimoli hali ham mavjud. "Galatasaroy" ham Ramosga qiziqish bildirmoqda.

“Messining tansoqchisi” Saudiya Arabistonini rad etdi...

Argentina terma jamoasi va “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Madridda qolmoqda. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Diyego Simeone bilan suhbatdan keyin "Al-Ahli"ga o‘tmaslikka qaror qilgan. Saudiya klubi De Paul uchun 32 million yevro taklif qildi. Lekin Messining eng yaqin do‘stlaridan biri hech qayerga ketmaydi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

... ammo Grinvud u yerga ketishi mumkin

"Manchester Yunayted" Meyson Grinvuddan qutulishga qaror qildi. Klub rasmiy bayonotida futbolchi faoliyatini boshqa joyda davom ettirishi ma’qulroq ekanini ta’kidladi. Sababi zo‘rlashga urinish gumonlari bilan bog‘liq janjal. The Sun nashrining xabar berishicha, erkin agent maqomiga ega bo‘lgan Grinvud Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard bosh murabbiyligidagi “Al-Ittifoq” Meysonga yiliga 10 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Hujumchi Jerrard boshchiligida va Jordan Xenderson bilan birga o‘ynashga rozi bo‘ladimi?

Kiritildi: 10:06, 23.08.2023.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик