Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Samvel Babayan: «O‘yinning asosiy vaqtida g‘alaba qozonishni ko‘zlagandik»

Samvel Babayan: «O‘yinning asosiy vaqtida g‘alaba qozonishni ko‘zlagandik»

Baho:
+ | -

«Navbahor» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Al-Vakra»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— "Navbahor" futbol klubi uchun tarixiy o‘yin bo‘ldi. Jamoa 23 yildan buyon qit’a miqyosida musobaqalarda ishtirok etmayotgandi. Biz Chempionlar ligasida saralash bosqichi bilan cheklanib qolmasdan, avvalo guruh bosqichiga chiqishni, OCHL madhiyasi bizning maydonda ham yangrashini, muxlislarimizga ulkan quvonch ulashishni istagandik. Ishqibozlarimiz biz bilan faxrlanishlari uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bugun o‘z joriy mavsumda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlardan biriga erishdik. Ammo bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Keyingi har bir o‘yin biz uchun eng muhimi hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyatim davomida, nazarimda, ushbu musobaqada eng ko‘p qatnashgan mutaxassis hisoblanaman. Ushbu tajribamdan kelib chiqib bugun maqsadga erishish o‘ta muhim ahamiyatga ega edi. Men o‘z jamoam bilan Chempionlar ligasida 2 marta yarim finalgacha yetib borganman.

Aytib o‘tganimdek, guruh bosqichiga chiqish vazifasini udalladik. Endi guruhdan keyingi bosqichga o‘tishga harakat qilamiz.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, "Al-Vakra" juda yaxshi jamoa. Uning tarkibida tajribali futbolchilar va kuchli mutaxassislar yig‘ilgan.

Mazkur o‘yinga shunday strategiya tanlagan edik-ki, o‘z ustunligimizni namoyish etgan holda raqibning kamchiligidan foydalanishmiz zarur edi. Biz bunga erishdik. Ammo o‘z maqsadimizga o‘yinning asosiy vaqtida erishishni ko‘zlagandik.

Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Qatarga kelgan har bir muxlisga minnatdorchilik bildiraman. Biz maydonga o‘z ishqibozlarimizni xursand etish uchun, ular biz bilan faxrlanishlari uchun chiqamiz. Biz ayni paytda barcha 3 ta musobaqada g‘oliblik uchun kurashayotgan O‘zbekistondagi yagona klubmiz", — dedi Babayan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:19, 23.08.2023.
O'qildi: 2365 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.