Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya 1-1 Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya 0-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

"Lester" hujumchisi APL klubiga o‘tishi mumkin

"Lester" hujumchisi APL klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

The Athletic xabariga ko‘ra, "Lester" hujumchisi Kelechi Ixeanachoga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining klub bilan shartnomasining tugashiga bir yil bor. U Enso Mareskining o‘yin tizimiga mos keladi, ammo klub Ixeanacho Premyer-ligaga o‘tgan taqdirda katta miqdorda pul olib kelishi mumkinligini tushunadi. Kelechi avvaliga murabbiyga klubdan ketish istagini aytgan, biroq keyinrok qolishga qaror qilgan. "Kristal Pelas"ning kuchli qiziqishi uning fikrini yana o‘zgartirishi mumkin.

Ixeanacho "Lester Siti"da 2017 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Premyer-liganing o‘tgan mavsumida u 28 o‘yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:39, 24.08.2023.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.