Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Peti Kaysedo va Lavia nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini tushunmayapti

Peti Kaysedo va Lavia nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini tushunmayapti

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti nima uchun Moyses Kaysedo va Romeo Lavia "Stemford Bridj"ga o‘tishga rozi bo‘lganini tushunmayapti. Eslatib o‘tamiz, ushbu yarim himoyachilarda "Liverpul"ga o‘tish varianti ham bor edi.

"Agar Kaysedo va Lavianing o‘rnida bo‘lganimda "Liverpul"ni tanlagan bo‘lardim, chunki "Chelsi"ning strategiyasini ko‘rmayapman. 35 o‘yinchi? Nahotki! Ularga nechta futbolchi kerak? Bu xuddi o‘tgan mavsumdagidek haqiqiy dahshatli tush bo‘ladi. Men uchun javob juda oddiy. Lavia va Kaysedo nega "Chelsi"ni tanlaganini so‘rasangiz, hammasi pulga bog‘liq. Pul muhim rol o‘ynaydi", - dedi Peti Football Tweet bilan suhbatda.

Kaysedo va Lavianing transferlari bonuslari bilan "Chelsi"ga kelajakda 190 million yevrodan ko‘proqqa tushishi mumkin.

Kiritildi: 14:33, 24.08.2023.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик