Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

"Manchester Siti"ga 60 million yevroga tushgan Doku qanday futbolchi?

"Manchester Siti"ga 60 million yevroga tushgan Doku qanday futbolchi?

Baho:
+ | -

21 yoshida Jeremi Doku allaqachon kattalar darajasida katta tajribaga ega. Hatto Mbappe ham qanot hujumchisiga qoyil qolgan.

Ilkay Gyundogan ("Barselona"ga), Riyod Maxrez ("Al-Ahli"ga) va Eymerik Lyaport ("An-Nasr"ga) yozda "Manchester Siti"ni tark etishdi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinni Joau Kanselu ("Barselona"ga) egallashi mumkin. Shu bilan birga, ingliz klubi yangi xaridlarga taxminan 180 million yevro sarfladi. Mateo Kovachich (29 million yevro) va Yoshko Gvardioldan (90 million yevro) so‘ng jamoaga Jeremi Doku kelib qo‘shildi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Renn"dan futbolchining transferi "Siti"ga 60 million yevroga tushgan. Keling, qanday futbolchi Angliya chempioni safiga o‘tganini tahlil qilamiz.

"Siti" Doku uchun ikki marta ko‘proq to‘laganmi?

Sizning e’tiboringizni jalb qiladigan birinchi narsa - bu pul. Transfermarkt Dokuni 28 million yevroga baholaydi, garchi "Siti" yangi kelgan futbolchi uchun ikki baravar ko‘p pul to‘lasa ham. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, Transfermarkt baholari ko‘p darajada adekvat bo‘lsa-da, ular ba’zi omillarga juda bog‘liq. Fransiya va Angliya chempionatida bir xil futbolchi turli miqdorlarda baholanadi.

"Renn" nuqtai nazaridan, kelishuv mantiqiy ko‘rinadi. Fransuzlar Dokuni "Anderlext"dan 26 million yevroga sotib olishdi (bu kungacha Belgiya klubining rekord darajadagi savdosi). Liga 1da uch mavsum davomida Jeremi darajasi turnir yulduzlaridan birigacha ko‘tarildi. Bunday taraqqiyotdan keyin "Renn" uchun uni o‘zi sotib olgan pulga sotish g‘alati bo‘lardi.

Bundan tashqari, u boshqa futbolchilardan ajralib turadi. Doku uch oy oldin 21 yoshga to‘ldi va Yevropa ligalarida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. U kattalar safida debyutini 16 yoshida o‘tkazdi va shundan so‘ng Belgiya chempionatida 34 ta, Fransiya chempionatida 75 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Doku Belgiya terma jamoasida o‘ynash tajribasiga ham ega (16 o‘yin, 2 gol). Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida u kam bo‘lsa ham daqiqalarga ega bo‘ldi (18 daqiqa).

Dokuning kuchi nimada?

Bunga aniq javob bor - driblingda. U o‘tgan yili muvaffaqiyatli aldab o‘tishlarga urinishlar soni bo‘yicha u o‘tgan mavsumda 14-o‘rinni egallab turibdi, agar Yevropaning top 7 ligasini hisobga oladigan bo‘lsak. Yomon ko‘rsatkich emas, lekin muvaffaqiyatli zarbalar soni ancha ta’sirli. Va bu erda Doku o‘tgan mavsumda eng yaxshi 3 talikka kirdi. U faqat Lionel Messi va Vinisius Juniorga yutqazdi.

2022/2023 yilgi mavsumda top 7 ligadagi muvaffaqiyatli zarbalar:
112 - Vinisius Junior («Real»);
102 - Lionel Messi (PSJ);
96 - Jeremi Doku (Renn);
91 - Muhammad Kudus ("Ayaks");
90 - Li Kang In (Malorka).

Hatto Kilian Mbappe ham Dokuning mahoratiga qoyil qoldi. 2021 yilda u France Football nashriga intervyu bergan edi: “Yaqinda men otam bilan meni tezligi bilan hayratda qoldirgan futbolchi haqida gaplashdim - bu Doku edi. Professional futboldagi besh yil davomida men bunday kuchli start tezligiga ega bo‘lgan hech kimni ko‘rmaganman.

Bunga 90 daqiqada o‘rtacha 6,8 driblingni qo‘shsangiz (top 5 ligadagi eng yaxshisi) va bu qanday futbolchi ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lasiz. Harakatda u Adam Traorega o‘xshaydi, lekin o‘lchamlari bo‘yicha u butunlay boshqacha. Dokuning bo‘yi bor-yo‘g‘i 173 santimetr bo‘lib, past og‘irlik markazi to‘pni tezlikda boshqarishga yordam beradi.

Tyerri Anrining so‘zlari ham ta’sirli: "U bilan birga-bir qolganingizda, faqat ibodat qilishingiz mumkin". Rasmiy ravishda, Doku o‘ng oyoq, lekin u chap oyoqda ham yaxshi harakatlanadi. Uning uchun zarba yo‘llashda qaysi oyoqqa to‘p kelishi muhim emas.

Doku "shaharliklar" taktikasiga mos tushadimi?

Gvardiola qo‘l ostidagi futbolchilar noodatiy pozisiyalarda o‘ynashadi, ammo bu yerda vaziyat aniq ko‘rinib turibdi. Bu yozda o‘ng qanot hujumila Maxrez ketdi, uning o‘rniga Doku olindi, uning asosiy pozisiyasi o‘ng qanot hujumi bo‘lishi deyarli aniq (garchi u ba’zan hujumning chap qanotida maydonga tushgan bo‘lsa ham).

Fransiyada Doku tezda o‘ziga xos imidjga ega bo‘ldi va ba’zida ikkita raqib birdaniga unga qarshi himoyalanishdi. Bu Doku sheriklari uchun ko‘proq erkin zonalarni yaratishga sabab bo‘ldi. Agar Premyer-ligada ham xuddi shunday bo‘ladigan bo‘lsa, unda "Siti" raqib himoyasida mavjud bo‘sh joydan foydalanishda boshqalarga qaraganda yaxshiroq bo‘lishi tabiiy.

Yana bir muhim tafsilot - bosim. U Gvardiolaning to‘pga ega bo‘lish orqali raqiblarini bo‘g‘ib qo‘yadigan jamoalari uchun asosiy hisoblanadi. Xavotirga hech qanday sabab yo‘qdek. Doku raqibga pressing qilishni yaxshi ko‘radi va bunda unga tezlik yordam beradi.

U jamoaga tez moslasha oladimi?

Gap "Manchester Siti" haqida ketayotgani uchun belgiyalik futbolchining ko‘p driblinglari raqib futbolchisiga yoqmasligi mumkin. U driblinglarda yaxshi, ammo Manchesterda indvidual harakatlardan ko‘ra to‘p nazorati haddan tashqari darajada bo‘lgan o‘yinda qatnashishi kerak bo‘ladi. Jek Grilish "Aston Villa"da to‘pni ajoyib tarzda olib yurardi va shu sabab unga nisbatan ko‘plab qoidabuzarliklar amalga oshirilardi, ammo "Siti"ga o‘tgandan so‘ng unga moslashishi uchun bir yil kerak bo‘ldi. Doku hali yosh va, ehtimol, murabbiyning talablarini tezroq o‘zlashtirishi mumkin.

Dokuning yana bir kamchiligi haqida Sporting Life tahlilchisi Ninad Barbadikar xabar berdi. U qanot hujumchisi haqidagi tahlilida shunday ta’kidlaydi: "Jismoniy tayyorgarlik - bu yagona shubha. Doku yorqinlikni namoyish etadi, lekin men xohlagancha emas. Premyer-liganing tinimsiz sur’atiga ko‘nikish uchun unga vaqt kerak bo‘ladi".

Umuman olganda, "Siti" boshqacha o‘ynaydi. Masalan, so‘nggi o‘yinda ("Nyukasl"ga qarshi) to‘pga ega bo‘lgan vaqtda o‘ng qanot hujumchisi (Fil Foden) maydon markaziga o‘tdi va Kayl Uoker butun o‘ng qanot bo‘ylab erkin harakatlandi. Ushbu konfigurasiya Doku uchun unchalik qulay emas, uning o‘zi keng pozisiyada harakatlanishga odatlangan. Gvardiola bu transferdan jamoaga o‘zgaruvchanlik qo‘shishda foydalanmoqchiligi aniq.

Kiritildi: 08:22, 26.08.2023.
O'qildi: 3111 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.