Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Bir mavsumda kim eng ko‘p gol urgan?

Bir mavsumda kim eng ko‘p gol urgan?

Baho:
+ | -

Yevropaning eng yaxshi besh ligasida eng yaxshi hujumchi bo‘lish oson ish emas. Bu yerdagi jamoalarning himoya darajasi va darvozabonlarning mahorati hujumkor o‘yinchilarning ishini imkon qadar qiyinlashtiradi.

Quyida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan besh nafar futbolchini ko‘rib chiqamiz.

Gonsalo Iguain, «Napoli» (2015/16), 36 gol

Gonsalo Iguain o‘z avlodining eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida tanilgan. Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi 2015/16 yilgi mavsumda gol urish bo‘yicha master-klass namoyish etdi. O‘shanda «Napoli»da o‘ynagan Iguain A Seriyaning 35 o‘yinida 36 ta gol urgan.

Erling Xoland, Manchester Siti (2022/23), 36 gol

 

Erling Xoland «Manchester Siti»da ajoyib debyut mavsumini o‘tkazdi. U 2022 yilning yozida klubga qo‘shildi va darhol Premyer-ligani bo‘ron singari zabt etdi. Tezlik, kuch va o‘z ustida ishlashning ajoyib kombinasiyasi bilan u 2022/23 yilgi mavsumda Premyer-liganing 35 o‘yinida 36 ta gol urdi. Uning iqtidori futbolchini hozirda sayyoradagi eng yaxshi hujumchiga aylantiradi.

Xoland «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi va shuningdek, Premyer-liganing bir mavsumida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi.

Robert Levandovski, «Bavariya» (2020/21), 41 gol


Robert Levandovskining «Bavariya»dagi 2020/21 yilgi mavsumi futbol tarixidagi eng ko‘p gol urgan mavsumlaridan biri sifatida esda qoladi. Polshalik hujumchining ajoyib mahorati yangi cho‘qqilarni zabt etdi: birgina Bundesligada u 41 ta gol urdi.

Levandovskining tengsiz imkoniyatlarni yaratish va golga aylantirish qobiliyati «Bavariya»ning o‘sha mavsumdagi treblni qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynadi.

Yosip Skoblar, «Marsel» (1970/71), 44 gol

 

Josip Skoblarning 1970/71 yilgi mavsumda Liga 1dagi o‘yini fransuz futbolida tarixiy yutuq sifatida baholanadi. Xorvatiyalik hujumchi «Marsel»da o‘ynab, o‘z o‘yinini ko‘rsatib, bir mavsumda misli ko‘rilmagan 44 ta gol urdi. Uning ajoyib hissasi o‘sha mavsum «Marsel»ni Liga 1 chempioniga aylantirdi.

Skoblarning ajoyib natijasi liganing barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lishiga yordam berdi. Uning Liga 1da bir mavsumdagi 44 goli kelajak avlodlar uchun ilhomlantiruvchi me’zon bo‘lib qolmoqda.

Lionel Messi, «Barselona» (2011/12), 50 gol

 

Lionel Messining 2011/12 yilgi mavsum «Barselona»dagi muvaffaqiyatini afsonaviy deyish mumkin. Argentinalik maestro barcha musobaqalarda 73 ta gol urib, individual mahorat uchun yangi standart o‘rnatdi.

Ulardan 50 tasi La Liganing 37 uchrashuvida kiritilgan. Messi o‘zining cho‘qqisida edi va uni to‘xtatib bo‘lmas edi.

Kiritildi: 19:28, 28.08.2023.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.