Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Saudiyada 4-tur yakunlandi, yana yulduzlar katta sahnada

Saudiyada 4-tur yakunlandi, yana yulduzlar katta sahnada

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Yevropada Chempionlar ligasi bo‘lmasada, hafta o‘rtalarida Saudiya Arabistoni chempionati qiziqarli o‘tmoqda, u yerda allaqachon to‘rtinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hozir bu yer taniqli qahramonlarga to‘la va ular har doim ko‘zga tashlanaveradi. Bu hafta kimlar katta sahnaga chiqdi?

Krishtianu Ronaldu tezlashmoqda: bu safar dubl (penaltilardan bo‘lsa ham). Shuningdek, u Ever Banega harakat qilayotgan «Ash-SHabab» jamoasiga qarshi bahsda bitta golli uzatma ham berdi – jami 2+1 natijasi. Uning jamoasi yakunda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ronaldu o‘yinda bundan tashqari yana ikkita gol urdi, biroq ularning biri futbolchi qoida buzgani uchun hisobga olinmagan bo‘lsa, yana biri ofsayd sabab bekor qilindi. Uning bosh bilan yo‘llagan bir zarbasi darvoza ustuniga tegdi, bahsdagi yana bir penaltini sherigi G‘arib golga aylantira olmadi. Xullas, Ronaldu kechagi uchrashuvda 2 tadan ko‘p gol urishi mumkin edi. Jamoada shuningdek, Aymerik Lyaport debyut qildi, Saudiya ligasida kuchli himoyachilar rolini kuzatish mumkin. «An-Nasr» ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ronalduning bu o‘yinlarda ko‘rsatgan 5+2 ko‘rsatkichi ajoyib. Uning o‘zi ham bu mamlakatda baxtli. 

● Riyod Mahrez haqida. U «Al-Tai»ga qarshi bahsning birinchi bo‘limida Allan Sen-Maksimenning uzatmasidan so‘ng gol urdi va ikkinchi bo‘limda Frank Kessiega assistentlik qildi. Riyod «Al-Ahli»ni «Al-Tai» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi. Ha, Saudiya protokollarida hozir yulduzlar nomi juda ham ko‘p. Yana bir yulduz hujumchi Roberto Firmino bu turda gol ura olmadi. Hozirda «Al-Ahli» «Al-Ittihod» bilan birga peshqadamlik qilmoqda va ikkala jamoa ham 12 ochkodan to‘plagan.

● Karim Benzema bu turda jarohat oldi, birinchi bo‘limda sonidagi og‘riq tufayli maydonni tark etdi, «Al-Ittihod» «Al-Vahda»ni uning yordamisiz mahv etdi (3:0): Ngolo Kante bu o‘yinda gol urdi, Fabinyo 76 daqiqa o‘ynadi.

● Malkom «Al-Hilol» safida gol urib, Stiven Jerrardning «Al-Ittifoq» jamoasini mag‘lub etishga yordam berdi. Braziliyalik futbolchi har bir o‘yinda samarali harakat qilmoqda: yangi jamoada yettita o‘yinda 6+2 natija. Bu turda yana bir yangi futbolchi gol urishda ishtirok etdi - Aleksandr Mitrovich golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Kalidu Kulibali va Ruben Nevesh butun o‘yin davomida harakat qildi. «Sevilya»dan kelgan Bunu nihoyat debyut qildi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

«Al-Taavun» turnirda hayratlanarli ishtirok etmoqda - bu yerda katta yulduzlar yo‘q, ammo to‘rtta o‘yinda beshta gol urgan jamoa uch marta g‘alabaga erishdi. Ular yulduzli «Al-Hilol» bilan bir xil ochko jamg‘argan.

«Abha» safida Karl Toko-Ekambi gol urdi - «Vilyarreal» va «Lion»ning sobiq hujumchisi ham jamoa safiga yozda kelgandi. Xullas, Saudiyada yulduzlar mamlakat muxlislariga har turda o‘zlariga to‘langan pulga munosib ekanliklarini isbotlamoqda.

Kiritildi: 16:30, 30.08.2023.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик