Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pogbaga ishtiyoq bilan o‘ynashga qo‘yib berishmayapti

Pogbaga ishtiyoq bilan o‘ynashga qo‘yib berishmayapti

Baho:
+ | -

Saudiya klublari Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo u «Yuventus»da qolmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachiga «Al-Ahli» va «Al-Ittihod» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ular Pogbani transfer oynasi 7 sentyabrda yopilguniga qadar ko‘chib o‘tishga ishontirishdan umidvor.

Pogba hali ham «Yuventus»da o‘zini ko‘rsatmoqchi va saudiyaliklarning qiziqishlariga qarshilik qilmoqda.

Shu bilan birga, «Yuventus» yarim himoyachining yuqori maoshini hisobga olgan holda uning ketishiga qarshi emas.

Avvalroq Pogba bilan «Galatasaroy» aloqaga chiqqan edi, biroq futbolchi muzokaralardan bosh tortdi va Turkiyaga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor emasligini ochiq aytdi.

Kiritildi: 14:27, 03.09.2023.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик