"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson hujumchi Muhammad Saloh jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi tajribali misrlik uchun 100 million yevrodan ko‘proq taklif qilishga tayyor edi.
“Biz mish-mishlarga ahamiyat bermaymiz. Saloh "Liverpul" futbolchisi. Umid qilamanki, yaqin kelajakda hammasi shunday bo‘lib qoladi", - deydi Robertson.
Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor.