Yarim himoyachi Roke Mesa «Sporting Xixon»ga o‘tdi. 34 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Futbolchi 1 iyuldan beri erkin agent maqomiga ega, chunki uning «Valyadolid» bilan shartnomasi tugadi.
U avvalroq «Sevilya», «Leganes», «Suonsi», «Las-Palmas» va «Levante» klublarida ham to‘p tepgan.
Mesa o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.