Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Saloh qanday yo‘l tutishi kerak?

Saloh qanday yo‘l tutishi kerak?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida transfer oynasi hamon ochiq, asosiy intriga esa Muhammad Salohning «Al-Ittihod»ga o‘tishi yoki o‘tmasligida bo‘lib turibdi. Quyida «Liverpul» misrlik futbolchini sotishi kerakmi yoki yo‘q, shuni muhokama qilamiz.

Saloh dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligiga kirishi mumkin

«Al-Ittihod» Muhammad Salohni qo‘lga kiritish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari misrlik uchun «Liverpul»ga aql bovar qilmas darajada pul to‘lashga tayyor. Turli manbalarga ko‘ra, mersisaydliklar o‘z yetakchisini sotishdan 177 dan 232 million yevrogacha ishlab olishlari mumkin. Bu raqamlar Salohni dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligiga olib chiqadi.

Tarixdagi eng qimmat transferlar:

Neymar «Barselona» (Ispaniya)dan «PSJ» (Fransiya)ga 222 mln yevro

Kilian Mbappe «Monako» (Fransiya)dan «PSJ» (Fransiya)ga 180 mln yevro

Filippe Koutinyo «Liverpul» (Angliya)dan «Barselona» (Ispaniya)ga 135 mln yevro

Usmon Dembele «Borussiya Dortmund» (Germaniya)dan «Barselona» (Ispaniya)ga 135 mln yevro

Boshqacha qilib aytganda, «Liverpul» oladigan yoki allaqachon olgan taklif shunchaki juda katta. Natijada, mersisaydliklar dilemmaga duch kelishdi - katta pulga ega bo‘lish yoki 31 yoshli yetakchisini saqlab qolish. Bu yozda «Liverpul» allaqachon shunday vaziyatga tushib qolgandi. Ular Jordan Xenderson va Fabinyo uchun juda ham jozibali ko‘ringan takliflarni olishgan. O‘shanda yuqoridagi futbolchilar uchun o‘rinbosarlar bo‘lmagan ersada, mersisaydliklar munosib pul yig‘ish uchun ikkalasini ham sotishga qaror qilishdi. Biroq, Xenderson, prinsipial jihatdan, endi asosiy o‘yinchi emas edi va Fabinyo ham o‘tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Saloh esa «Liverpul»ning yetakchisi hisoblanadi.

Sot va mo‘maygina pul ishlab ol

Sotish sharti moliyaviy nuqtayi nazardan jozibali ko‘rinmoqda. Bunday pulni olish klubga qayta investisiya kiritish imkoniyatini beradi. «Liverpul»da ayni damda «Manchester Siti»dagidek moliyaviy imkoniyatlar yo‘q. Ma’lumki, bu yil yozda mersisaydliklar Jud Bellingem uchun kurashga qo‘shilmagan holda bu pulga Aleksis Makallister va Dominik Soboslaini sotib olishni afzal ko‘rishdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yoshi tufayli o‘sishi dargumon Saloh uchun katta pulni olish foydali bo‘ladi. Bu keyingi transfer oynalarida tarkibni kuchaytirishga yordam beradi va jamoaga kerak.

Natijalar uchun Salohni saqlab qolish kerak

Garchi pul haqiqatan ham katta bo‘lsada, «Liverpul» Salohni tarkibda saqlab qolishga urinyapti, uni Saudiya Arabistoniga jo‘natishga shoshilmayapti. Ha, misrlik 31 yoshda, ammo u hamon jamoa yetakchisidir. U bu mavsum Premyer-ligada dastlabki 4 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoa uchun omadsiz deya aytilgan so‘nggi mavsumda Saloh barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Misrlik futbolchining formasi a’lo darajada ekanini inobatga olsak, u baribir kamida ikki mavsum yuqori saviyada o‘ynay oladi. Saloh hozirda «Liverpul»da o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan futbolchi. Chempionlar ligasiga chiqish (va mukofot pulini olish) uchun tarkibda misrlikning bo‘lishi zaruriy choradir. Usiz kuchli to‘rtlikka kirish juda qiyin ishdek ko‘rinadi. Unutmaylik, Saloh hozir ketsa, «Liverpul» uning o‘rniga o‘rinbosar topa oladi. Albatta, zahira variantlari ko‘rib chiqiladi, lekin keyingi to‘rt oy ichida kuchli to‘rtlikdan jiddiy ortda qolish xavfi katta.

Saloh «Liverpul» afsonasi

Misrlik futbolchi allaqachon «Liverpul» afsonasiga aylanib ulgurgan, u Premyer-ligada uzoq kutilgan g‘alabani, shu bilan birga Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatni jamoaga keltirdi. Shu bilan birga, Salohning o‘zi hozir Saudiya Arabistoniga ketishni juda ham qattiq talab qilmayapti. Misrlik hali ham kuchli ligada o‘ynashni istaydi.

Bunday vaziyatda «Liverpul» muxlislari o‘z yetakchisi va klub uchun kurashishga tayyor bo‘lgan kumirini sotishga rozi bo‘ladigan rahbariyatni shunchaki tushunmasligi mumkin. Muxlislarni bezovta qilish har qanday mahalliy klub uchun yomon tanlovdir. Agar bundan keyin hech qanday natija bo‘lmasa, reaksiya butunlay oldindan aytib bo‘lmaydigan tusda bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 21:30, 06.09.2023.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.