Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

«Eron bilan final kutib turibdi», «Barcha muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim» – O‘zbekiston hamda Gong Kong U-23 jamoalari bahsidan keyingi matbuot anjumani

«Eron bilan final kutib turibdi», «Barcha muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim» – O‘zbekiston hamda Gong Kong U-23 jamoalari bahsidan keyingi matbuot anjumani

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston hamda Gong Kong U-23 jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng (10:0) matbuot anjumani tashkil etildi.

Uning birinchi qismida raqib jamoa bosh murabbiyi Szelo Man Chun ishtirok etdi.

«Barcha muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim. Ular bizni yetarli darajada qo‘llab-quvvatladi. Biroq ularga mos o‘yin ko‘rsata olmadik. Barchadan uzr so‘rab qolaman.

O‘zbekiston va Eronni solishtiradigan bo‘lsam, albatta, ikkala jamoa ham yetarli darajada kuchli edi. Eronga qarshi himoyani ushlab qola olmadik. Bugungi bahsda ham o‘z rejalarimizni amalga oshira olmadik. O‘zbekiston Erondan kuchliroq degan bo‘lardim.

Bugun barcha bo‘limda bir xil o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda ikkita hujumchi bilan harakat qildik. Ochiq o‘yin namoyish etdik. Shu sababli ko‘p o‘tkazib yubordik. Biroq himoyani yorib o‘tishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yubordik. O‘zbekiston ancha agressiv o‘yin ko‘rsatdi. Himoyani yorib o‘ta oldi. Ikkinchi rejani afsuski, qo‘llay olmadik. Afg‘onlarga qarshi tayyorgarlikda jismoniy kuchli bo‘lish talab etiladi. Milliy chempionatda atigi 4 ta o‘yin o‘tkazgandik. Shu sababli yigitlarda charchoq alomatlari sezildi. 3-turda menimcha, Afg‘oniston katta xavf tug‘dirsa kerak», – dedi Gong Kong murabbiyi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Temur Kapadze ishtirok etdi.

Chiroyli g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Muxlislar yetarlichi qo‘llab-quvvatladi. Oxirgi o‘yinga ham tayyorgarlikni susaytirmaymiz.

Eron bilan final kutib turibdi. Ularning dastlabki ikki o‘yinini ko‘rdik. Menimcha ularga qarshi ajoyib o‘yin bo‘ladi. Tayyorgarlikning yaxshi bo‘lishiga ishonchim komil. Gon Kong va Afg‘onistonni solishtiradigan bo‘lsam, ikkalasining ham o‘ziga yarasha kuchli tomonlari bor. Gong Kong tartibli himoyalanadi. Biroq afgonlar jismonan kuchliroq. Shunga qaramay to‘g‘ri uzatmalarda aniq o‘ynaganimiz uchun ikkala o‘yinda ham yirik hisobda zafar quchdik. Biroq afg‘onlar agressivroq o‘yin namoyish etdi.

Tarkibdagi rotasiya haqida. Birinchi galdagi vazifamiz g‘alaba qozonish edi. O‘yinchilarning jismoniy holatiga qarab katta o‘zgarishlar qildik. Terma jamoada asosiy o‘yinchi degan tushuncha yo‘q. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushaveradi. Muhimi foydali o‘yin namoyish etsa bo‘ldi. Buni hali yana tushuntiramiz. Bu klub emaski, kimdir joyidan xafa bo‘lsa. Hamma bir yoqadan bosh chiqarsa, g‘alaba qozonaveramiz», – dedi Kapadze.

Kiritildi: 21:52, 09.09.2023.
O'qildi: 17231 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.