"Pari Sen-Jermen" klubi o‘z futbolchisini Qatarga qo‘yib yuboradi. Xabarlarga ko‘ra, parijliklar yarim himoyachisi Julian Draksler qatarliklarning "Al-Ahli" klubiga o‘tadi.
Tomonlar allaqachon kelishuvga erishgani aytilmoqda. 29 yoshli futbolchi avvalroq APLdan kelgan taklifni rad etgandi.