"Real" futbolchisi jamoaga qaytadi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalyos La-liganing navbatdagi turida "Real Sosyedad"ga qarshi maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.
Sebalyos asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Anchelotti jarohatlar epidemiyasida undan foydalanishni maqsad qilgan. Sebalyosning amaldagi bitimi 2027 yilda tugaydi.