Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlaymiz», «Eron chempionatida muammoli holatlar ko‘p» – O‘zbekiston hamda Eron U-23 bahsidan keyingi matbuot anjumani

«Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlaymiz», «Eron chempionatida muammoli holatlar ko‘p» – O‘zbekiston hamda Eron U-23 bahsidan keyingi matbuot anjumani

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Intervyular

Biroz oldin O‘zbekiston hamda Eron U-23 jamoalari o‘rtasida Osiyo kubogi saralashi bo‘lib o‘tdi (1:0).

Bahsdan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi hamda uning birinchi qismida eronliklar ustozi Rizo Enoyati ishtirok etdi.

«Avvalambor, O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Ba’zi rejalarimiz o‘xshamadi. Durang ikki jamoa uchun ham yaxshi natija edi. Biroq raqib g‘alaba qozondi, bu futbol. Yigitlar ko‘rsatmalarimni amalga oshira olmadi. 

Osiyo o‘yinlarida boshqa o‘yinchilarga ham imkon beriladi. Ularning potensialini bilib olish kerak. U musobaqaga maksimal kuchni beramiz. Eron chempionatida muammoli holatlar ko‘p. Shu sababli ikkita o‘yinchi olishga majburmiz, uchta emas», - dedi murabbiy.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Temur Kapadze ishtirok etdi. 

«Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ancha kuch berdi.  Ularning madadini so‘nggi soniyagacha sezib turdik. Afg‘oniston va Gong Kong bilan oson o‘yinlar bo‘ldi, biroq Eronning kuchliroq ekani aniq edi. Shunday bo‘lishiga qaramay ularga umuman imkon berilmadi. 1:0 biroz tahlika bilan o‘ynashga majbur qildi. Biroq hech kim e’tiborni susaytirmadi. Endi bor e’tiborni boshqa rakursga qaratamiz. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni  boshlaymiz. Biroq u yerda legionerlardan foydalanmoqchi emasmiz. Ayni damda klublardagi futbolchilarga ishonamiz. Imkoniyat kam berilayotgan bolalar bilan ko‘proq ishlashga harakat qilamiz. Butun o‘zbek futbolini qiyin taqvim kutib turibdi. Turli musobaqalar bor. Biroq «Nasaf» va «Paxtakor» murabbiylari bilan gaplashamiz. Bunday og‘ir paytda termaga imkon berish yaxshiroq variant», – dedi Kapadze. 

Kiritildi: 22:08, 12.09.2023.
O'qildi: 4520 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик