Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Umar Adhamzoda: «Asosiy harakat – «Neftchi» safida xalqaro maydonda to‘p tepish»

Umar Adhamzoda: «Asosiy harakat – «Neftchi» safida xalqaro maydonda to‘p tepish»

Baho:
+ | -

"Yangi Farg‘ona" gazetasining muxbiri Mo‘ydinjon Sobitov "Neftchi" PFK qarorgohiga tashrif buyurib, jamoamiz futbolchisi Umar Adxamzoda bilan suhbat uyushtirdi. Muxlislarimiz e’tiboriga  gazetada chop etilgan maqolani havola etamiz

Joriy yilgi Superliga bahslarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, sovrinli o‘rinlarga da’vogarlar safida borayotgan “Neftchi” tarkibida yashil maydondagi chiroyli harakatlari bilan muxlislarni quvontirayotgan bir qator kelajagi porloq futbolchilar to‘p surishmoqda. Bugun “Neftchi”ning erishayotgan ijobiy natijalariga salmoqli hissa qo‘shayotgan iqtidor egasi – Umar Adhamzodaga muxlislarni qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat qildik.

– Umarjon, “mashhur futbolchi bo‘lish uchun, albatta, futbol-internatda saboq olish kerak”, degan tushuncha bor. Siz ham futbol-internatda o‘qiganmisiz?
– Poytaxtda tug‘ilib o‘sganim uchun menda futbol-internatda o‘qishga ehtiyoj bo‘lmagan. Rahmatli dadam Alisher Isroilov mening futbolchi bo‘lishimni juda-juda istagan. Shu bois, 6 yoshimda padari buzrukvorim meni “Chilonzor” futbol maktabiga yetaklab borgani hamon yodimda. Yurtimiz futboliga ko‘plab mahoratli futbolchilarni yetqazib bergan maskanda taniqli futbolchi Abdusattor Rahimovdan dastlabki futbol saboqlarini olganman. Oradan 1,5 yil o‘tib, “Paxtakor” futbol maktabiga ko‘chib o‘tganman. U yerda Yelnur Yeremeev nazoratida mashg‘ulotlarni davom ettirganman.

– Yoshlar futbolidan professional futbolga o‘tish qiyin jarayon ekanligi barchaga ayon. Ko‘plab iqtidorlar shu bosqichdagi to‘siqlarga dosh berolmay, futboldan voz kechishgani ham bor gap. Aytmoqchimanki, sizning futbolchi sifatidagi professional faoliyatingiz qanday boshlangan?
– Men ham bu bosqichda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelganman. Oz emas, ko‘p emas – naq uch yil Toshkentning “Lokomativ” jamoasi o‘rinbosarlari tarkibida sabr bilan o‘ynashimga to‘g‘ri kelgan. Adashmasam, 2019 yilning yozida Proliga vakili, Farg‘onaning boshqa bir jamoasi – “Istiqlol”dan taklif bo‘lgan. Aniqrog‘i, jamoa murabbiyi Sergey Lebedev meni Farg‘onaga chaqirgan. Shu tariqa professional faoliyatimga yo‘l ochilgan.

– “Neftchi”ga qay tariqa kelib qolgansiz?
– Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020 yilning yozida “Istiqlol” jamoasi moliyaviy muammolar bois proligadagi faoliyatini to‘xtatgan. O‘sha paytda “Neftchi”dan tushgan taklifni qabul qilganman.

– Bir yil ichida “Neftchi” Proliga ostonasidan Superliga peshqadamligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Jamoaning bir a’zosi sifatida bu holatni qanday izohlaysiz?
– Ko‘pchilikni ajablantirayotgan bu ijobiy holatga bosh murabbiyimiz Vitaliy Levchenkoning murabbiylik salohiyati va uning yordamchilarining sidqidildan qilgan mehnatlari evaziga erishdik, deb o‘ylayman.

– Jahon va o‘zbek futbolida qaysi futbolchilarga havas qilasiz?
– Futbolni tushuna boshlabmanki, argentinalik futbol dahosi Leonel Messi va Braziliya futbolining yorqin yulduzi Marselolarning maydondagi harakatlaridan zavq olaman. Shu bilan birga, ayni damdagi jamoadoshlarim bo‘lgan Lutfulla To‘rayev, Fozil Mo‘sayev, Akbar To‘rayev, G‘ulomhaydar G‘ulomov kabi ko‘plab tajribali futbolchilarimizga xos bo‘lgan ko‘p foydali jihatlarni o‘zlashtirishga harakat qilyapman.

– Futbolchi sifatida qay darajaga chiqishni o‘z oldingizga maqsad qilib olgansiz?
– Eng katta orzuim – Mamlakatimiz milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushib, bosh jamoamizning jahon chempionati final qismiga chiqishiga yordam berishdir. Yana mening futbolchi sifatida tanilishimda katta ahamiyat kasb etgan “Neftchi” jamoasi bilan mamlakat chempioni bo‘lishni, Osiyo chempionlar ligasida o‘ynashni xohlar edim.

– Bilamizki, futbolchilarda bo‘sh vaqt kam bo‘ladi. Shunday paytlarda nimalar bilan shug‘ullanasiz?
– Mashg‘ulotlardan ta’til e’lon qilinishi bilan Toshkentga oshiqaman. Chunki men uchun eng huzurli narsa – oilam davrasida bo‘lish. Doim intizorlik bilan kutadigan onajonim Gulshanoy Isroilovaning diydori men uchun dunyodagi eng bebaho ne’mat.

– Savollarimizga javob berish uchun vaqt ajratganingiz uchun rahmat. “Neftchi” safida ko‘p yillar faoliyat yuritib, farg‘onalik muxlislarga quvonch ulashib yurishingizni tilaymiz.

"Yangi Farg‘ona" gazetasining muxbiri Mo‘ydinjon Sobitov suxbatlashdi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 10:55, 13.09.2023.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.