Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Messi Boliviya termasiga qarshi o‘yinda bosh murabbiy yordamchisi sifatida qaydnomaga kiritildi

Messi Boliviya termasiga qarshi o‘yinda bosh murabbiy yordamchisi sifatida qaydnomaga kiritildi

Baho:
+ | -

Lionel Messi tiklanishga ulgurmadi va JCH-2026 saralashining 2-bosqichi doirasida Boliviyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Hujumchi Argentina terma jamoasi tarkibiga kiritilmagan, ammo zaxirada o‘tirgandi. TNT Sports nashri xabariga ko‘ra, Messi murabbiy yordamchisi sifatida qaydnomaga kiritilganligi tufayli jamoaningg zaxira o‘rindig‘ida o‘tira olgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Lionel Messi yordamisiz ham mehmonda Boliviyani yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Saralash bosqichining ikki turidan so‘ng Argentina olti ochko jamg‘ardi.

Oktyabr oyida Argentina terma jamoasi Paragvay va Peruga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:09, 14.09.2023.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик