"Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho yaqin orada "qizil iblislar" safiga qaytmaydi.
"Jeydon Sancho intizom masalasi hal etilmaguncha, asosiy o‘yinchilar guruhidan tashqari shaxsiy mashg‘ulotlar dasturida qoladi", - deyiladi "Manchester Yunayted" rasmiy saytida chop etilgan klub bayonotida.
Sancho "Manchester Yunayted"da 2021 yildan beri o‘ynab kelmoqda.