Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dinozavr»

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dinozavr»

Baho:
+ | -

Italiya futboli deganda biz jangchilar jamoasini bilamiz. Qachonki skuadro adzurra jahon yo Yevropa chempioni bo‘lsa, finalga chiqsa, hatto pley-offning qay bir bosqichida qolib ketsa ham qiy-chuv qilib, kiperi markazda yugurib yurgan, himoyachilar hujumga otilgan, gol urish uchun millat jangiga chiqqandek jon berishayotganini ko‘rganmiz. Hamisha.

Mundialdan qolib ketganida ham Buffonning yig‘isi, dunyo ahlining karaxt holati – bu bizni o‘ziga o‘rgatib qo‘ygan Italiya termasining asl yuzi.

Skuadro adzurraning asosiy jihati – yetakchilar himoya qo‘rg‘oni vakillari bo‘lishi. Hisobni ushlash san’ati, ertalabgacha 1:0ni saqlash kayfi – bu biz tanigan Italiyaning fishkasi hisoblanadi. Jahon chempioni bo‘lganida finalda hamma ishni himoyachi qiladi: gol uradi, Zidanni chiqarib yuboradi va “Oltin to‘p”ni yana biri qo‘lga kiritadi. 2014da Suaresni tishlashga-da majbur qilgan ham himoyachi edi, esingizda bor...

Hatto Manchini boshchiligida boshqacharoq futbol o‘ynagan milliy jamoa ham yarim final va finalda baribir himoya yulduzlariga tayandi: Ispaniya bilan penaltilar seriyasi tepishdan oldin Alba orqali qizil furiyaga o‘tkazilgan ta’sir va oxirgi hal qiluvchi pallada Sakani ushlab qolish, seriyada baqirib duolar o‘qish – Jorjo Kyellini siymosining katta surati!

Ha, bugun ana shu iqtidor 39ga kirdi. U termani tark etgan, ayni paytda “Los Anjeles”da o‘ynayapti, yaqinda Messining “Inter”iga qarshi o‘ynadi, yutqazdi. Maqtadi Mayamini. Xullas, okeanortidagi faoliyati biz uchun muhimmas bu yerda.

Aytmoqchi bo‘lganim – Kyellini nazdimda Italiyaning oxirgi magikani. Oxirgi dinozavri. Skuadro adzurrani taxtga olib chiqqan chiziq vakillarining oxirgisi. Balkim yana tug‘ilib qolar shunaqasi, lekin hozirgi Italiyada yo‘q. Ko‘rmayapman.

Italiyani xohlagancha uslubda o‘ynatib ko‘ring, zamonaviy futbol tendensiyasiga aralashtiring, lekin bu yurtni g‘olib qiladiganlar baribir jangchi himoyachilar bo‘ladi. Ularning matonati evaziga yutadi jamoa. Murabbiy va hujum chizig‘i vakillari bu katta filmda epizod rolida bo‘lishadi.

Xullas, Kyellini orqali Italiya termasining suratini chizgandek bo‘ldim. Naqadar hashamatli va qo‘rqinchli surat. Hozirgisini esa, san’at asari demay turamiz. Kelishdikmi?!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 23:55, 15.09.2023.
O'qildi: 3386 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.