Fransiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Tyerri Anri o‘z faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni kim deb bilishi haqida gapirdi.
«Men uchun eng yaxshisi Pep Gvardiola edi. U juda katta farq bilan birinchi o‘rinni egallaydi. Uning jamoalari o‘yinlarini tomosha qilish menga juda yoqadi.
«Manchester Siti» o‘yinlarini uyda tez-tez ko‘raman, garchi muxlis bo‘lmasam ham», — dedi fransuz futboli afsonasi.
Eslatib o‘tamiz, Anri «Barselona»da Gvardiola boshchiligida o‘ynagan. U 2007 yildan 2010 yilgacha «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan.
Tyerri ayni damda Ispaniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallab turibdi.