Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"MYU"ni janjal bilan tark etgan futbolchilar: Sancho keyingisi bo‘ladimi?

"MYU"ni janjal bilan tark etgan futbolchilar: Sancho keyingisi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Jeydon Sancho ayni damda "Manchester Yunayted"ning eng og‘riqli masalalaridan biriga aylangan. Hujumchi hozir murakkab ahvolda qolmoqda. Agarda u qishda sotiladigan bo‘lsa, klub tarixidagi maxsus futbolchilar safiga qo‘shiladi. Bu futbolchilar esa jamoani majburan va yomon holatda tark etgan. Endi u bir muddat (balki doimiy) umumiy jamoadan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu holat yechim topilmagunicha davom etadi. Quyida klub tarixida Sanchoning holiga o‘xshash ahvolga tushgan futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.

Anxel Di Mariya

2014 yilda uzoq kutilgan voqea yuz beradi. Anxel Di Mariya "Real"dan rekord summaga xarid qilinadi. Argentinalik hujumchi Manchesterdagi hayotga ko‘nikishda muammoga duch keldi. Garchand birinchi mavsumidayoq 5 ta gol va 10 ta assist qayd etgan bo‘lsa ham, Di Mariya rahbariyatdan ketishga ijozat so‘raydi. U, hatto, "MYU"ning mavsumoldi safarini ataylabdan o‘tkazib yuboradi. Negaki, u allaqachon "PSJ" bilan kelishib qo‘ygandi. Oqibatda, u jamoadan ketadi. 34 yoshli futbolchi hali ham "MYU" muxlislari tomonidan tanqid va nadomat qilinadi.

Karlos Teves

Hujumchi bir paytlar Runi va Ronaldu bilan ajoyib trio hosil qilgandi. Ammo Teves "MYU" muxlislari nafratiga giriftor bo‘ladi. Negaki, u "Manchester Siti" bilan avvaldan bitim tuzib qo‘ygandi. Umuman olganda, Teves o‘shanda ikki mavsumlik ijara asosida "qizil iblislar" safida harakat qilgan. Afsuski, uning ketishi yaxshilik olib kelmaydi.

Devid Bekxem

Angliya va "MYU" tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri, Fergyuson qo‘l-ostida global yulduzga aylanadi. Ammo Bekxemning bu jamoadagi davri achinarli yakun topgan. Hammasi Ser Aleksning Bekxem yuziga butsa otishidan boshlangan edi. Murabbiy uni asosiy tarkibga kiritmay qo‘yadi. Fergyuson Bekxemni "MYU"dan ham katta figura bo‘la boshlagan deb hisoblardi. Negaki, futbolchi media e’tibor markazida klub va sheriklaridan ko‘ra ko‘proq turgandi. Shu sabab Devid Bekxemga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. U "Real"ga ketdi. Bu yerda Fergyusonning "hech bir superyulduz klubdan yuqori maqomda bo‘lmaydi" degan qarashi g‘olib kelgan.

Roy Kin

APL tarixidagi eng yaxshi nomlardan biri bo‘lgan Kin Bekxem ahvoliga tushadi. U "MYU"ga 480 ta bahsda yordam bergandi. 12 yillik xizmatlariga qaramasdan, Fergyuson Kinni tanqid qilishdan, futbolchi esa unga javob qaytarishdan charchamadi. Oqibatda, 2005 yilda yarim himoyachi "Seltik"ka yo‘l oldi. Afsuski, uning ketishi yaxshi kechmadi.

Romelu Lukaku

Belgiyalik hujumchi "Inter"ga ketishidan oldin ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘la boshlaydi. Negaki, Lukaku o‘yinlarida barqarorlik yo‘q edi. Qolaversa, hujumchi ko‘p xato qila boshlagandi. Shu sababli Ole Gunar Sulsher uni asosiy tarkibdan chiqarib tashlaydi. Lukaku, javob tariqasida "MYU" ruxsatisiz "Anderlext" bilan mashg‘ulotlarga kirishadi. Negaki, futbolchi "qizil iblislar" safidan ketmoqchi edi. Oradan ko‘p o‘tmay shunday bo‘ldi. Lukaku 2019 yilning yozida xayr-xo‘shni nasiya qilib, "Inter"ga o‘tib ketdi.

Rud van Nistelroy

Niderlandiyalik "MYU" tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan edi. Ammo uning klubdagi so‘nggi yili qarama-qarshiliklarga to‘la kechgan. Rud ham Fergyuson bilan "sen-men"ga borgandek edi. Bu narsa 2006 yilda yuzaga chiqadi. Negaki, u liga kubogi finali uchun qaydnomaga kiritilmaydi. Shundan so‘ng, van Nistelroy kamdan-kam jamoada ko‘rinish berdi. Oxir-oqibat, u "Real"ga yo‘l oldi.

Krishtianu Ronaldu

"MYU" tarixidagi eng yaxshi hujumchi deya e’tirof etiladigan Ronalduning qaytishi omadli kechmadi. Portugaliyalik futbolchi qaytgach, birinchi mavsumni zo‘r o‘tkazdi. Ammo ikkinchi yildan hammasi ayon bo‘la boshladi. Ronaldu yangi murabbiy, ten Xag bilan kelisha olmaydi. U mavsumoldi bahslarini o‘tkazib yuborgani sababli, tanqidlarga sabab bo‘ladi. Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgach, vaziyat taranglashdi. Uning Pirs Morgan bilan uyishtirgan intervyusi esa, hammasiga yakun yasadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:11, 16.09.2023.
O'qildi: 5177 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.