Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Xose Venansio Lopes — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Xose Venansio Lopes — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futzal bo‘yicha yurtimizda o‘tkaziladigan 2024-yilgi Jahon chempionatiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar olib bordi. 

Bugun O‘FA rahbariyati va tajribali murabbiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov O‘zbekistonda sportga, xususan, futbol va futzalga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, terma jamoa oldiga keyingi yilgi mundialda munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yilganini ta’kidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilish orqali kelgusida infratuzilmani Yevropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi. 

Xose Venansio Lopes 2024-yilgi O‘zbekiston futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qilishi katta voqea ekanligi, mamlakatda futbol va futzal rivojlanib borayotgani O‘zbekiston terma jamoasida ishlashga turtki bo‘lganini qayd etdi va bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis terma jamoada ishlash bilan bir qatorda UYEFA va FIFA instruktori sifatida mahalliy murabbiylarni tayyorlash, terma jamoalarga futzalchilar yetkazib berish bo‘yicha tizim ishlab chiqish, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Jahon chempionatining tashkiliy yo‘nalishlarida ham o‘z tajribasi bilan ko‘maklashishga tayyorgini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Xose Venansio Lopes o‘rtasida shartnoma imzolandi. O‘FA rahbari oldinda turgan mas’uliyatli turnirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilib, bosh murabbiyga omad tiladi.

Kiritildi: 17:03, 20.09.2023.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик