Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Jerrard: "Klopp qo‘l ostida o‘ynamaganimdan afsuslanaman"

Jerrard: "Klopp qo‘l ostida o‘ynamaganimdan afsuslanaman"

Baho:
+ | -

"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard o‘z klubida uzoq qolmaganidan va Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘ynamaganidan afsusda.

O‘z vaqtida Jerrardga 2015/16 yilgi mavsum uchun "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirish taklif qilingan edi, biroq Stiven bunga rozi bo‘lmadi va MLSda "LA Gelaksi"ga o‘tishni afzal ko‘rdi.

Jerrard shunday qarorga kelgan, chunki o‘sha paytda "qizillar" bosh murabbiyi bo‘lgan Brendan Rojers Stivenni asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblamagan.

Biroq, 2015 yilning oktyabr oyida "Liverpul" Rojersni iste’foga chiqardi va to‘rt kundan so‘ng Kloppni tayinladi, bu esa keyinchalik Jerrardni nemis murabbiyi bilan ishlash imkoniyatidan afsusda qoldirdi.

"Men xafa bo‘lganman. Ma’lumki, men shartnomamni bir yilga uzaytirmaslikka qaror qildim va Amerikaga ketdim, agar shartnomamni uzaytirganimda Yurgen Klopp qo‘l ostida olti oy o‘ynashim mumkin edi.

Ammo, albatta, Brendan qo‘l ostida menga o‘yin vaqtim kamayib ketishini aytishgan. "Liverpul"da zaxira o‘yinchisi bo‘lishni ham, rotasiya o‘yinchisi bo‘lishni ham xohlamasdim. O‘shanda ham o‘zimni jamoadagi eng yaxshi yarim himoyachi deb his qilardim.

O‘ylab qarasam, agar bunday bo‘lishini bilganimda shartnomamni uzaytirgan bo‘lardim, 100 foiz. Men Klopp bilan olti oy ishlash uchun Brendanga to‘rt yoki besh oy chidagan bo‘lardim. Bu aniq", - dedi Jerrard Daily Mail bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:03, 21.09.2023.
O'qildi: 2972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик