Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Diniz «Oltin to‘p»ga nomzodlar ro‘yxatida «Real» hujumchisi Vinisius Junior yo‘qligi haqida gapirdi.
«Junior – jahon futbolining asosiy qahramonlaridan biri. Nega u «Oltin to‘p»ga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaganini tushuna olmayapman. U yuqori saviyadagi futbolchilardan biri, shubhasiz», - dedi mutaxassis.
Bu yilgi «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlar argentinalik Lionel Messi va norvegiyalik Erling Xolanddir. Taqdirlash marosimi kelasi oy Parijda bo‘lib o‘tadi.