Kirish Ro'yxatdan o'tish

18 yoshli belgiyalik uchun grandlar kurashadi

18 yoshli belgiyalik uchun grandlar kurashadi

Baho:
+ | -

"Antverpen" klubi yarim himoyachisi Artur Vermerenga bir qancha top-klublar qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" 18 yoshli belgiyalik futbolchining o‘yinini kuzatish uchun allaqachon bir necha bor skautlarni yuborgan. Undan tashqari “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Brayton”, “Ayaks” va “Leypsig” klublari da’vogarlik qilmoqda.

Vermeren markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. U o‘tgan yili "Antverpen"da debyut qilgan. O‘shandan beri futbolchi jamoa safida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:42, 29.09.2023.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик